Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev: Paxta maydonlari o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil qilinadi
 





Shavkat Mirziyoyev 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining VIII s’ezdida o‘zining saylovoldi dasturini e’lon qildi va O‘zbekiston kelajakda rivojlanishining ayrim muhim yo‘nalishlarini aytib o‘tdi, Mulohaza xabari asosida.
«Qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifa – avvalo yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishdir”, — dedi Mirziyoyev. So‘zining davomida Mirziyoyev hosildorligi past yerlarda paxta ekishni qisqartirish sabzavot, dukkakli va ozuqabop ekin maydonlarini kengaytirish, intensiv bog‘lar va uzumzorlar barpo etish haqida gapirdi.
“Masalan, keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida paxta hosildorligi pastligicha qolmoqda. Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli yildan yilga yomonlashmoqda. Tomorqalardan foydalanish ham talab darajasida emas. Vaholanki, Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida fevral oyidan boshlab bemalol 3 marta hosil olish imkoni bor.
Shuning uchun 2017 yilda tuproq unumdorligi past yerlar hisobidan ushbu hududning qariyb 18 ming gektar paxta va 1000 gektar g‘alla maydonlari qisqartiriladi. Ushbu maydonlarda sabzavot va meva yetishtiriladi, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar tashkil qilinadi”, — dedi Miriyoyev.  Shuningdek prezident nomzodi, 2017—2020 yillar davomida ekin maydonlarini optimallashtirish, paxta maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirishga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish haqidagi dastur ishlab chiqilishi haqida ham aytib o‘tdi.
“Kelgusi 5 yilda biz meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 1,8 barobar oshirib, bugungi 17 foizdan 30 foizga ko‘paytirishni vazifa qilib qo‘ymoqdamiz”, — dedi Mirziyoyev. Undan tashqari respublikada qo‘shimcha 200 ming tonna mahsulot saqlashga mo‘ljallangan sovut sovutgichli omborxonalar qurilishini va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishni oshirishni ham aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning fikriga ko‘ra, rejalashtirilayotgan ushbu choralar fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirishi va qishloqlarda turmush darajasini yaxshilashini ta’minlashi kerak.
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11198 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное