Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Shaxzoda Muhamedova bugunning “eng talabgor aktrisa”si(mi)?!

Shahzoda hamkasblari orasida eng faol va serqirra ijodkorga aylandi. U boshlovchi, dizayner, aktrisa... qo‘shiq ham kuylamoqda. Yaponiyaning “Hello Kitty”  brendi ashaddiy muxlisasi bo‘lmish Muhamedova yosh bo‘lishiga qaramay, mashhurlik bobida ancha aktrisalarni ortda qoldirmoqda. Eng qizig‘i, u kinoda ko‘plab rejissyorlar e’tiboridan tushmay kelayotir. Shundanmi, Shahzoda filmografiyasida kartinalar son jihatdan juda barakali.  Aktrisa talabgorligining asosiy sababi, uning injiq emasligi yo-da, gonorarining  cho‘chitib qo‘ymasligi! Ma’lumlotlarga qaraganda, u bosh rol talqin etgan uchta yangi film o‘z premerasini kutmoqda: “Kechir sevgi”, “Kunlardan bir kun...”, “Qaytar dunyo”! Demak, kinomuxlislar uchun kinomavsum zerikarli o‘tmaydi. Bu hali hammasi emas. Muhamedova shuncha ijodiy ishlaridan ortib, yana bir yangi filmda suratga tushmoqda. U Bahrom Yoqubovning “Ko‘chaning bolasi” filmida bosh rol ijrochilaridan!
Ijtimoiy tarmoqlarda deyarli har hafta yangi eskizini taqdim etishini inobatga olsak, Shahzodaning bir necha shaxsiy liboslar to‘pamlarini katta podiumda keng ommaga taqdim etish orzusi ham amalga oshay deb qoldi.
Xonandalik faoliyatini ham unutib qo‘ygani yo‘q. Dubayda suratga olingan “Sevgi yo‘q” klipi yaqin orada el hukmiga havola etiladi. Shahzodani katta sahnalarda qo‘shiqchi sifatida hali ko‘rganimizcha yo‘q. Bu ketishda esa, u shou-biznes vakilalari uchun yaxshigina raqobatchiga ham aylanadi-yov!
Omad! Muhimi, ijodkorlik bor bo‘lsin!
Jasur HAMROYEV 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7881 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shaxzoda Muhamedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
Mahzuna_M Bachkana
Like | 0
gulli5guli Ishlariga omad aktrisamizani. Nu lekin haamma ro'llari bir xildee. Zerikib qoladi odam
Like | 0
DJ_Jasur Manga o'ynagan filmlari juda yoqadi aktrisamizga omad
Like | 0
Skilful Ha deb bitta aktirisani ko'raversak zerikarli ku huddi hind filmlari kabi har bir filmda Shohruhkan, Amitah Bachchan o'ynashib asabga tegadi
Like | 0
Guli пишет: | 23.06.2015 | 22:28 #8 Страница с комментарием
guli101192 Mmmmm
Like | 0
oybekwolf 1 ta disk 7 ta kino barida bir xil aktyorlar
Like | 0
★Dorishunos092★ Bitta hunar ham yetardi...
Like | 0
samiya "eng talabgor aktirisa" bo'lsala unda bilmadimmm
Like | 0
Mubina пишет: | 23.06.2015 | 11:54 #4 Страница с комментарием
Quyoshcha Omad serqira maftunkor Shahzodaga
Like | 0
Asem989 Вой боо уларни хар бир фильмда кораверсак чалкашибхам кетсак керак
Like | 0
podsnejnik Haa omad bosa xich gapmas
Like | 0
Alibey_2363639 Wu qiz sal nito roq menga yoqmidi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное