Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shaxzoda Muhammedovaning Manzuraga tikkan Libosi Tanqid ostida qoldi

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova xonanda Manzuraga tikib bergan libos suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Ko‘p o‘tmay internet foydalanuvchilari libosga nisbatan turli tanqidiy fikrlarni qoldira boshlashdi, deb yozadi Uz24 nashri.
Izohlarda libos dizayniga ijobiy munosabat bildirib, bu ham yangilik ekanini aytib, uning muallifini olqishlaganlar bo‘ldi. Biroq izoh qoldirganlarning aksariyati libos yoqmaganini yashirishmadi. Tanqidlar asosan, libosda o‘zbek erkaklarining milliy bosh kiyimi - do‘ppidan foydalanilgani uchun bildirildi (libosda do‘ppi tananing yelka, ko‘krak va bel qismida ishlatilgan).
Kimdir ayollar libosida erkaklar do‘ppisi o‘rniga ayollarning iroqi do‘ppisidan ham foydalanish mumkin edi, desa, yana kimdir do‘ppining bosh kiyim ekanligiga urg‘u berib, uni tananing boshqa qismlarida ishlatilganini qabul qila olmagan. Ba’zilar Shahzodaga ushbu libosni yirtib tashlashini ham iltimos qilishgan.
Quyida boshqa tanqidiy fikrlarni keltirib o‘tamiz:

“Bachkana! Do‘ppini qaerdan olgan bo‘lsangiz, joyiga olib borib qo‘ying! O‘zbekning do‘ppisi - o‘zbekning sha’ni, g‘ururi! Masxara qilish uchun o‘yinchoq emas!”
“Do‘ppini faqat va faqat boshga kiyadi. Uni aksessuar qilmaydi. Hamma narsada chegara bor, hatto san’atdayam!"
“Do‘ppining qalampir nusxasini matoda ishlatsalar bo‘lardi, endi bunisi o‘tib ketdi-da! Odamlarning tanqid qilishiga sabab, bu do‘ppi bir kishiga emas, butun millatga tegishli! Bu bizning qadriyatimiz! Buni oyoqosti qilishga hech kimning haqqi yo‘q, kim bo‘lishidan qat’iy nazar!”
“... Tokchada qolib ketdimi G‘afur G‘ulom kiygan do‘ppilar...”, degandi Muhammad Yusuf! Nahot kiyimga aylandi asl o‘zbek kiygan do‘ppilar?! Mayli men ortiqcha gap yozmayman, ular ajoyib dizayner, biroq bunisi yoqmadi!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 14093 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shaxzoda Muhammedova, Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
izzygold5555 u dimiza bu dimazu hammani ozini fikri bor mani oylawimcha bu kiymi korgan har bitta erke kiwini asabi buziliwi koriw bilan qaysi kalla bn tikkan diydi 99.9% bir tinga qimmat dib izoh qoldiraman
Like | 0
Sadiya Rostanam G'alati...
Like | 0
sanjarezoz Erkak kishini bosh kiyimini ko‘krak qismiga qo‘yish....??????? Shu aksesuarmi? :o Sharmanda. Bachkana
Like | 0
sanjarezoz E Shaxzodadan ko‘nglim qop ketti. Shuyam kiyimmi?
Like | 0
Nozima_Mirjalol Shahzodani o"zi go"zaluv bu qilgan ishi yoqmadi uzur l.n man o"z fikrimni bildirdim Do"st achitib gapirar dushman kuldirib
Like | 0
Nozima_Mirjalol E manga xam yoqmadi haqiqatdan xam
Like | 0
Asal99 Bachkana fikrlar libos oziga hos aksesuar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное