Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Pazanda - The Sound of Love
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hayot va ijod yo‘li

2015 yil 10 mart kuni kechqurun Toshkentda islom dunyosining yirik olimi, mashhur ulamo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf yurak xurujidan olamdan ko‘z yumdi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning biografiyasi
Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, 1952 yilning 15 aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonda va islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan edi. Shayx Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkiloti bo‘lgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam a’zolaridan biri hisoblanardi.
Shayx Muhammad Sodiq boshlang‘ich diniy ta’limni otasidan olgan. Sovet o‘rta maktabini 1970 yilda to‘liq a’lo baholarga tugatgach, Muhammad Sodiq Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga o‘qishga qabul qilinadi. Keyinchalik, Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomladi. 1976 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Dava’ al-Islami Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy rag‘bat bilan muvaffaqqiyatli tamomlagan. Liviyada tahsil olish yillari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodiga, ayniqsa, Arab dunyosiga va hattoki uzoq Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitgan.
1997 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti bo‘lgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shu kungacha ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy a’zosi hisoblanar edi.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ijodi
Shayx ko‘plab islomiy kitoblar muallifidir. 1994 yildan 2000 yilgacha shayx ishlarining 60 foizi, ya’ni o‘ttizga yaqin mashhur maqolalar va yigirma beshgacha yaqin kitoblar, hamda qo‘llanmalar nashrdan chiqarildi. Ushbu ilmiy ishlarning ko‘pchilik qismi o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, ulardan ba’zilari rus va boshqa MDHga a’zo davlatlar tillariga tarjima qilingan.
Shayx yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Islom Madaniyati Markazi Shayx Muhammad Sodiqning ko‘plab ishlarini nashr qilib bordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tafsiri Hilol“, “Tasavvuf haqida Tasavvur“, “Ixtiloflar haqida“, “Din nasihatdir“, “Ruhiy tarbiya“ va shu kabi ko‘plab kitoblari hozirgi kunga qadar kitobxonlar orasida mashhur bo‘lib, qo‘lma-qo‘l o‘tib kelmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarning talablariga binoan qayta qayta nashrdan chiqayotgan “Sunniy Aqidalar“ va 39 juz’dan iborat “Hadis va Hayot“ kitobi ham O‘zbekiston xalqi orasida e’zoz bilan mutolaa qilinadigan kitob qatoridan joy olgan. 2004 yilda tashkil topgan www.islom.uz veb loyihasi esa shaxsan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahbarligida yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu sayt Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga to‘g‘ridan to‘g‘ri savol berish imkoniyatini yaratar edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf a’zo bo‘lgan tashkilotlar:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf oxirgi yillarda ilmiy va da’vatga hamda diniy madaniyatni oshirishdagi faoliyatlarga o‘zini bag‘ishlagan edi. Shayx quyidagi xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblangan:
  • Makka shahridagi Butun Dunyo Islom Robitasining ta’cis majlisi
  • Butun dunyo tasavvuf uyushmasi
  • Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati a’zosi
  • Butun dunyo da’ati uyushmasi a’zosi
  • Butun dunyo ulamolari kengashi uyushmasi a’zosi
  • Islomobod shahridagi butun dunyo Islom uyushmasi a’zosi
  • Makka shahridagi butun dunyo mutafakkir ulamolari yig‘inining ijroiy qo‘mitasi a’zosi
  • Butun dunyo masjidlar uyushmasining a’zosi
  • Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a’zosi
Shayxning ilmiy darajalari
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma’hadini bitiruvchisi
  • Tripoli shahridagi Butun Dunyo islomga da’vat fakultetini bitiruvchisi
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma’hadida tafsir, ulumul Qur’on va faroiz fanidan dars beruvchi
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma’hadda mudir noibi bo‘lib ishlagan
  • Toshkentdagi Imom Buxoriy nomli oliy ma’hadda mudir bo‘lib ishlagan
  • O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi hamda muftiysi lavozimida ishlagan
  • Toshkent islom universitetida oliy o‘quvi bo‘limida ustoz bo‘lib ishlagan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 15312 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное