Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Judolik: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf olamdan o‘tdi

10 mart kuni kechasi ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab Markaziy Osiyo Musulmonlar Diniy Idorasining sobiq muftiysi, hamda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi birinchi muftiy Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning 63 yoshida bu dunyodan rihlat qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Biroz o‘tib, shayxning yaqin kishilari bu xabarlarni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, musulmon olamidagi mashhur diniy arboblardan biri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf yurak xuruji xastaligidan vafot etgan.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, voqea soat 20:00 atrofida, shayx Toshkent shahridagi Islom Universiteti sport zalida basketbol bilan shug‘ullanayotgan paytda yuz bergan.
Marhumning janozasi qachon va qaerda o‘tishi, Shayx o‘zi tug‘ilib o‘sgan ota yurti Andijonda yoki Toshkentda dafn qilinishi haqida aniqlik kiritilmagan.
Kun.uz tahririyati shayxning oila a’zolari va yaqinlariga sabr tilaydi.
Xabar berilishicha, Janoza namozi 2015 yil 11 mart, chorshanba kuni, Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin jome’ masjidida (“Ko‘kcha masjidi”) peshin namozidan so‘ng o‘qiladi.
Ma’lumot uchun:
Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, 1952 yilning 15 aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonda va islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan edi. Shayx Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkiloti bo‘lgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam a’zolaridan biri hisoblanardi.
Shayx Muhammad Sodiq boshlang‘ich diniy ta’limni otasidan olgan. Sovet o‘rta maktabini 1970 yilda to‘liq a’lo baholarga tugatgach, Muhammad Sodiq Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga o‘qishga qabul qilinadi. Keyinchalik, Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomladi. 1976 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Dava’ al-Islami Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy rag‘bat bilan muvaffaqqiyatli tamomlagan. Liviyada tahsil olish yillari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodiga, ayniqsa, Arab dunyosiga va hattoki uzoq Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitgan.
1997 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti bo‘lgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shu kungacha ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy a’zosi hisoblanar edi.
Manba:kun.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 19323 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Shayx, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
sabinAA Qabrlari nurga tölsin! Katta yöqotish böldi islom uchun
Like | 0
♡Malika♡ Xudo raxmat qisin
Like | 0
Nurbek__Sodiqov Joylari jannatda bölsin
Like | 0
Jafar1330 Joylari jannatan bosin
Like | 0
kamosh88 Inna lillohi va inna ilayhi rojiun (biz Allohnikimiz va albatta unga qaytajakmiz) Alloh sabr bersin Ustozni xudo raxmat qilsin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное