Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sherzod Bin kimga qo`l ko`taradi?




Faoliyatini parodiya san`ati bilan boshlagan Sherzod Bin bugungi kunda aktyor va rejissyor sifatida ham ijod qilib kelyapti. Bugun uni “Qisqa va lo`nda” sahifasiga taklif qilib, ijodiy yangiliklari, fe`l-atvori va dunyoqarashi haqida bilishga urindik. 

Mavsum yangiligi.
Shu kunlarda niyatlarim ijobat bo`lish arafasida. Faqat bu haqida hozir gapirolmayman. Amalda tez kunda o`zingiz ko`rishingiz mumkin. Bundan tashqari kuni kecha ilk bor rejissyorligimda suratga olingan “Qaysar oshiqlar” filmi prem`erasi bo`lib o`tgani ham men uchun muhim yangilik bo`ldi. Dilmurod Agzamova va Rustam Murodov hamkorligida xonanda Umidaxonning klipida birga ishladik, ushbu ijodiy hamkorlik ham omadli chiqishiga ishonaman. 

Tushkunlik.
Bunday paytlarda do`stlarim yaqinlarim yonimda bo`ladi. Ayniqsa, do`stim, akam, Bahodir ??? doim yonimda elkadosh bo`lib, qo`llab-quvvatlab turadi. Yana bir gapni alohida ta`kidlab o`tmoqchiman, har bir insonni yomon kayfiyatdan, omadsizlikdan ota- onasining duosi asrab qoladi. Shu sabab doim ularning duosini olishga harakat qilaman.

Sport.
Bolaligimda futbol bilan jiddiy, professional shug`ullanganman. Ammo ayrim sabablarga ko`ra, uni tark etishimga to`g`ri kelgan. Bugun esa futbolning eng ashadiy “fanat”iman. Bundan tashqari ilgari sport zalda muntazam ravishda shug`ulanib turardim. Biroq,  vaqt masalasi sabab, hozir mashg`ulotlarni tashlab qo`yganman. 

Mish-mishlar.
Bryus Lining  bir gapini ko`p takrorlayman. “Sen haqingda gapirishyaptimi, demak sen kuchlisan. Boshqalardan ilgarlab ketgansan” Menimcha bu esa haqiqat. O`zim haqimdagi gaplarga sabr qilaman. Agar har bir gapga urushib-talashsam vaqtim bekorga sarflanadi. 

Yolg`on.
Ba`zida o`zimiz istamagan holda yolg`on gapirib qo`yishimiz mumkin. Bundan xalos bo`lish uchun inson o`zini tarbiyalashi kerak. Tan olaman, men ham aynan shu borada o`zimni tarbiyalab turishimga to`g`ri keladi. 

Kechirish.
Xato qilmagan bo`lsamda, birovdan uzr so`rash  men uchun qiyin emas. O`zim ham kechirimli bo`lishni o`rganganman.

Yoqmaydigan savol.
 “San`atga qanday kirib kelgansiz” degan savolni eshitsam, jahlim chiqadi. Bunday paytlarda “Uydan chiqqanman-da, o`ng tomonimga qarab yurib kelaverganman” deb javob beraman. 

Musiqa. 
Ulug`bek Rahmatullaev, Shahruxxon, Sardor Rahimxonning ijodini kuzatib, qo`shiqlarini maroq bilan tinglayman. Alisher Fayz, Otabek Muhammadzohidning ijodiga ashaddiy muxlisman, qo`shiqlari jonu dilim. Otabek Muhammadzohidni to`yim taklif  qilishini niyat ham qilib qo`yganman. 

Oila.
Oilamda ota-onam, aka-ukam, singlim bor. Shaxsiy hayotimga to`xtalsak, hali oila qurish niyatim yo`q. Hali bajarib olishim kerak bo`lgan, rejalashtirgan ishlarim ko`p. 

Qo`l ko`taraman...
Doim o`zimni, harakatlarimni nazorat qilib turishga urinaman. Ammo ota-onam, millatim tilga olinib, ularga nojo`ya gaplar aytilsa o`zimni tutib turolmasam kerak. 


 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7900 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sherzod BIN
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Liliya Dilmurod Agzamova? Admin xatomi?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное