Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shoxruh Hamdamov (Шохрух Хамдамов) - Mahoratli Kinoaktyor, Prodyuser

Shoxruh Hamdamov Biografiya
  Kinoaktyor, prodyuser  va teleboshlovchi Shoxruh  Bahodirovich   Hamdamov  1995-yilning  31-iyulida Farg’ona viloyatining Qo’qon shaxrida ziyolilar oilasida dunyoga  kelgan.  Toshkent  shaxrida  voyaga yetgan aktyor  Hamza tumanida  joylashgan 152-umumtalim o’rta maktabida taxsil olgan. Shoxruhning otasi Bahodir  Azamovich mashxur  arxitektor bo’lgan.  Onasi Sanobarxon Hamdamova esa    shifokor-stomatolog. Oilada uch farzandning kenjasi bo’lgan Shoxruxning 1 nafar akasi va opasi bor.  2003-yilda Shoxruh Hamdamovning otasi, bolajak aktyor 8 yoshga to’lganida vafot etgan.  Bolaligidanoq oilaga nisbatan masuliyat va muqaddas dargoxning qadriga yetib o’sgan  Shohrux maktab tadbirlarida juda faol edi. A’lo baholarga o’qish bilan  birgalikdan xech bir maktab tadbirlarini qoldirmas edi. Otasi Shohruxning kelajakda el sevgan sanatkor bo’lishini juda istagan  va xaqiqatdan xam  unda bolaligidanoq  istedod kurtaklari rivojlana  borgan. Negaki Shohruxning  amakilari Farg’onaning ustoz san’atkorlaridan bo’lgan.  
     O’rta maktabni tugatgach   2011- yilda Shoxruh  Hamdamov Toshkentdagi  Respublika Estrada va Sirk kollejiga o’qishga kiradi. Va ushbu kollejni  2014-yilda  muvaffaqiyatli  tamomlaydi. Ammo institutga kirishda Hamdamovning  omadi chopmadi. Shunday bo’lishiga qaramay u ayni shu  yilning o’zida  “Paxta ishi”, filmida va 2015- yilda   ketma ket “Zurriyot”,  “Saodat”,  “Beoshiyon yaralangan ayol”  seriallarida  turli rollarni yaratdi.  Ushbu filmlar muvaffaqiyat qozongach  o’zbek kinorejissorlari yosh aktyorni  yana ko’plab filmarga bosh rollarga taklif etdilar. Shohrux  Hamdamov Davlat buyurtmasiga asosan suratga olinadiga  film va seriallardan xam  bosh qaxramonlarni juda ko’p bora jonlantirgan. “Tinchlik ortida ”, “Isnod”  “Parvoz”,  “Ezgulik  Hududi”,  “Izquvar” , “Temur”,  “Parvoz” , “Muhabbat restorani”  “Tuxmat girdobi”  “Baxt ovchisi”  singgari film va seriallarni aktyorning ijrosisiz tasavvur etib bo’lmaydi.  
    2018-yilda aktyor O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat oliygohining Drama teatr va kino aktyorligi bo’limiga qabul qilindi. Shoxruh Hamdamov   mahoratli klipmeykerlarning xam  sevimli qaxramoni xisoblanadi. Aktyor  Sardor Rahimxonning “Onam”,  Munisa Rizayevaning  “Ovuna”,  Husan ijrosidagi  “Alamlar” va “Parijon”,  Yorqinxoja Umarovning Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari faoliyatiga bag’shlangan   “Bir kunlik” , Sardor Toirovning “Majbur”, Ulug’ek Rahmatullayevning  “Yolg’onchim” , Yulduz Usmonovaning “Muborak” taronlari shuningdek  Umar Shamsiyev,  Dilshod Rahmonov Lobar Umarova kabi o’zbek estradasi va milliy estradasi yulduzlarining videokliplarida turfa qaxramonlarni ijro etgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 665 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mahoratli Kinoaktyor, prodyuser, Shoxruh Hamdamov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное