Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Jumong-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonlik prodyuser Bayan Yesentayevani pichoqlab ketishdi

10 iyun kuni Qozog‘istonlik mashhur prodyuser va xonanda Bayan Yesentayeva o‘tkir pichoqdan olgan jarohatlari tufayli Olma-ota viloyati Talgar shahridagi kasalxonalarning biriga yotqizildi. Bu haqda “Nur.kz” nashri xabar yozmoqda.
 
Bayan Olma-ota-Kokpek-Koktal trassasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan Talgar shahridagi Markaziy shifoxonaga qorin bo‘shlig‘iga pichoq yordamida yetkazilgan jarohat, bosh miya lat yeyishi, burun sinishi kabi jarohatlar tufayli yetkazilgan.
 
Taxminlarga ko‘ra, Bayanga uning turmush o‘rtog‘i pichoq bilan jarohat yetkazgan.
 
“Ayni vaqtda Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Inson salomatligiga qasddan zarar yetkazish” bobining 106 moddasiga asosan tergov ishlari olib borilmoqda”, deya xabar beradi viloyat polisiya bo‘limi vakili.
 
Olma-ota viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tez yordam mashinasi soat 12:15 da Olma-ota-Kokpek-Koktal trassasidagi AYoQShga yetib borgan. Guvohlarning aytishicha  Bayan Yesentayeva barcha jarohatlarni turmush o‘rtog‘i Bakitbek Yesentaev bilan tortishuv chog‘ida olgan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bakitbek Yesentaev rafiqasini urib burnini sindirgan, so‘ng qorin bo‘shlig‘i sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bayan shifoxonaga yetkazilgach, shifokorlar uning jarohati ustida 3 soat davomida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan.
 
42 yoshli Bayan Yesentayeva  Shine Production kompaniyasi rahbari, teleboshlovchi, aktrisa qo‘shiqchi Qozog‘istonning ko‘zga ko‘ringan prodyuserlaridan biri sanaladi.  U 2006 yildan beri yakkaxon xonandalarga prodyuserlik qilish bilan shug‘ullanadi.
 
Bayan Bakitbek Yesentaevga 20 yoshida turmushga chiqqan. Ularning 2 nafar Aysaule va Ayaru ismli qizlari bor.
 
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Baxitbek Yesentaev qo‘lga olingan. Bayan esa o‘ziga kelgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.
Umida Yakubova


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5590 | Рейтинг: 1| Рейтинг: pichoqlab ketishdi, Bayan Yesentayeva, prodyuser, Qozog‘istonlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное