Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Shoxzamondan kutilmagan tarona –“Jasur Umirov”

Shou-biznes olamiga kirib kelganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, o‘zining noodatiy yo‘nalishi bilan xalqimiz nazariga tushgan Shoxzamon navbatdagi ijod mahsulini bugun “O‘zbegim Taronasi” radiosi orqali taqdim etdi.  “Jasur Umirov” deb nomlangan ushbu kompozisiya tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda haqidagi qo‘shiq premerasidan so‘ng, keyingisi  Jasur Umirovmi yoki Shohruhxon deya tanlov e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra  qaysi ijodkorni muxlislari faol bo‘lsa, o‘sha haqida qo‘shiq yaratilishi aytib o‘tilgandi.  Jasur Umirovni muxlis va muxlisalari faol chiqdi va Shoxzamon Jasur Umirov haqida qo‘shiq kuylashga ahd qildi.

Qo‘shiqni Jasur Umirov eshitib ko‘rganida “Bunaqasini kutmagandim. Juda zo‘r chiqibdi. Yo‘li ajoyib bo‘libdi” - deb o‘ziga juda yoqqanini alohida ta’kidladi. Bu qo‘shiqqa ham klip g‘oyasi allaqachon o‘ylab qo‘yilgan. Taronaningmualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi va musiqasi Shoxzamonga tegishli. Aranjirovkasi ustida Shoxruz ish olib borgan. Ayni damda siz saytimiz orqali  mazkur musiqiy asarni tinglab baho berishingiz mumkin.
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 6554 | Рейтинг: 1| Рейтинг: kutilmagan tarona, Shoxzamon, Jasur Umirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное