Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Shukur shou” konserti haqida batafsil

25, 26-dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Shukurullo Isroilov o‘zining navbatdagi “Shukur shou” nomli konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur konsert xalqimiz uchun yangi yil tuhfasi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Konsert dasturi chaqaloq yig‘isi-yu ona allasi bilan boshlandi. Shu  payt pardalar ko‘tarilib, katta beshikda yotgan Shukurillo Isroilovni ko‘rgan tomoshabinlar kulgudan o‘zlarini to‘xtata olishmadi. Uch kun davomida tug‘ilgan, tug‘ilishi bilan tilga kirgan, hamshiraga dil izhorini bayon qilishga ulgurgan bu chaqaloqning gap-so‘zlaridan keyin zalda kulgu yanada ko‘tarildi.
Ana undan so‘ng pardalar  yopilib,  sahnaga Botir Imomho‘jaev hamda Ma’mur Holmedov  tashrif buyurishdi. Ular dori bilan bog‘liq hazillari bilan konsert dasturiga yanada fayz kiritishdi. Shundan so‘ng Shukurillo Isroilov savlat bilan sahnani to‘ldirib kirib keldilar va tashrif buyurgan muxlislarga o‘z minnatdorchiliklarini aytib o‘tdilar. Konsert davomida “Dizayn” jamoasining vakillari ham o‘z chiqishlarini, tayyorlab kelgan sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi.

Qolaversa Halimaxonim do‘mboq qizlari bilan birga Kaniza obrazida ajoyib taronani ijro etib berdi. Ayniqsa Shukurillo Isroilov bilan Halimaxonimning O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning “Jamilaxonim yomonlar” taronasiga  parodiya qilib kuylangan duet qo‘shiqlari barchaga manzur keldi. Bilasizmi, konsert davomida “Istiqlol” san’at saroyi sahnasida “Navo shou” ko‘rsatuvining yangi yil sonining suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bu jarayondan keyin tomoshabinlarning ko‘ziga kulgudan yosh qalqidi. Ayniqsa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayzning “Rashk qilasanmi” qo‘shig‘iga ishlangan parodiya hammasidan o‘tib tushdi va shu tarona bilan konsertga yakun yasaldi.
Dasturdan bahra olganlar darmonda, kelmaganlar armonda qolishdi. “Konsert disklari qachon chiqar ekan” - deb kutishdan o‘zga chora qolmadi azizlar. Biz Shukurillo Isroilov hamda ularning ijodiy jamoasi ijodiga ulkan parvozlar tilab qolamiz. Bizdan yiroqlashmang, yangiliklarni kuzatishda davom eting.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3890 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shukur shou
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное