Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shukurilla Isroilovdan “Shukur shou” tez kunda

O‘lkamizga qish fasli kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Qishning izg‘irinli kunlarida qaynoq yangiliklarni taqdim etish uchun san’atimiz vakillari tinmay izlanishda. Ketma-ket yangi tuhfalar ulashib, xalqimizni xursand qilish maqsadida nafaqat xonandalar, kino olamining vakillari, balki qiziqchilar ham kutilmagan sovg‘alar ustida ish olib borishmoqda.

Bu dunyoda kulishni yoqtirmaydigan, hazilni qilmagan, do‘stlari yoki yaqinlari bilan latifa aytishmagan inson bo‘lmasa kerak. Kulgu va tabassum bilan inson qalbi yanada go‘zallashadi. Kulish hammani qo‘lidan keladi, biroq kuldirish juda mashaqqatli ish sanaladi. Bu sohaning vakillari o‘z kasblari qanchalik murakkab ekanini bilishadi. Ana shunday sohaning yorqin vakillaridan biri Shukurilla Isroilov ham xalqimizga qishning sovuq kunlarida kulgu ulashish niyatida 25-26 dekabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida soat 19:00da o‘zining navbatdagi “Shukur shou” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Mazkur konsert kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Dastur haqida yanada batafsil ma’lumotni kutib qoling va bizni kuzatishda davom eting.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3237 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shukurilla Isroilov, Tez kunda, Shukur shou
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное