Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Shveysariyadagi qadimiy muzlik oktabrgacha butunlay erib ketishi aytilmoqda

 
Shveysariyadagi tog‘ dovonida, tog‘-chang‘i kurorti yaqinida joylashgan qadimiy muzlik g‘ayritabiiy issiqlik tufayli bir-ikki oy ichida erib ketadi. Bu haqda “The Guardian” nashri yozmoqda.

Quruq qish va issiq yoz alp muzliklarining tez surʼatlar bilan erishiga olib kelmoqda. Prognozlarga ko‘ra, Se Ruj (Scex Rouge) tog‘i va Sanfleron (Tsanfleuron) muzligi yaqinidagi dovondagi muz sentabr oyining oxiriga kelib butunlay erib ketadi, qoyalar birinchi marta yuzasiga chiqadi. Qayd etilishicha, dovon kamida Rim davridan beri muz bilan qoplangan.

“Glacier 3000” tog‘-chang‘i kurorti vakillarining taʼkidlashicha, bundan o‘n yil avval bu yerdagi muzning qalinligi 15 metrga yaqin bo‘lgan. Dovon Shveysariya g‘arbida 2800 metr balandlikda joylashgan.

“Chang‘ichilar cho‘qqi bo‘ylab bir muzlikdan boshqasiga uchib o‘tishlari mumkin edi. Ammo endi ular orasida tosh chizig‘i paydo bo‘ldi, muzning so‘nggi qismi qoldi ", deyiladi xabarda. 

Bern universitetidan glatsiolog Mauro Fisherning so‘zlariga ko‘ra, bu yil mintaqada muzliklar qalinligining yo‘qolishi o‘tgan o‘n yilga nisbatan o‘rtacha uch barobar ko‘p bo‘ladi.

Iyul oyi oxirida Shimoliy Grenlandiyadagi jazirama muzliklarning jadal erishga olib kelgan. Muzliklar bir kunda milliardlab tonna suvni yo‘qotgan. Harorat Selsiy bo‘yicha 16 darajaga yetib, shu davr uchun odatdagidan 10 daraja issiqroq bo‘lgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 664 | Рейтинг: 0| Рейтинг: erib, ketishi, Shveysariyadagi, oktabrgacha, muzlik, qadimiy, butunlay, aytilmoqda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное