Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

"Snickers" ma'muriyati nega Xitoydan uzr so‘radi
 
Snickers Tayvanni mamlakat deb atagani uchun Xitoydan uzr so‘radi

Snickers Osiyo uchun reklama aksiyasi doirasida taqdim etgan videorolikda Malayziya va Janubiy Koreya bilan birgalikda Tayvan ham tilga olingan bo‘lib, u alohida mamlakat sifatida ko‘rsatilgan. 

Snickers savdo markasi va uning egasi, Mars Wrigley kompaniyasi reklama aksiyalaridan birida Tayvanni mamlakat deb atagani uchun Xitoydan rasman uzr so‘radi.

Xitoy OAVning yozishicha, avvalroq Snickers o‘z sayti va ijtimoiy tarmoqlarda Osiyo uchun reklama aksiyasi doirasida videorolik joylashtirgan. Unda Malayziya va Janubiy Koreya bilan birgalikda Tayvan ham tilga olingan bo‘lib, u alohida mamlakat sifatida ko‘rsatilgan. 

"Biz Snickers faoliyati bilan bog‘liq xabarlarga e’tibor qaratdik, buni muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz va uzr so‘raymiz. Mars Wrigley Xitoy milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va o‘z faoliyatini Xitoy mahalliy qonunlariga qat’iy amal qilgan holda olib boradi", - deyiladi kompaniyaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida berilgan bayonotida. 

Qayd etilishicha, Snickers reklamasidagi barcha noaniqliklar to‘g‘rilangan.

Tayvan amalda Xitoydan ayri davlat sifatida shakllangan, lekin rasman “Xitoy respublikasi” nomini saqlab turibdi. Mamlakatning o‘z konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati bor. Fuqarolik urushi tugashi va 1949 yil materikda kommunistlar g‘alabasidan keyin saylangan hukumatini Tayvan Xitoydagi yagona qonuniy boshqaruv organi deb biladi.

Pekin Tayvanni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi.



Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 620 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nega, Uzr, so‘radi, Xitoydan, Snickers, ma'muriyati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное