Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sog‘liqni saqlash vazirligi ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i A’zam Ibodullaev O‘zA muxbiriga Mamlakatimizda gripp virusining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, aholini yuqumli kasalliklardan himoyalash bo‘yicha sanitariya nazorati va tibbiy profilaktika yo‘nalishda olib borilayotgan tadbirlar xususida quyidagilarni so‘zlab berdi: 
– Gripp va o‘tkir respirator infeksiyali xastaliklar ob-havoning o‘zgarishi bilan qo‘zg‘alish va tez tarqalish xususiyatiga ega. Bu kasalliklarga qarshi emlash, niqob taqish, aholi orasida tibbiy profilaktika tadbirlarini tashkil etish orqali samarali kurashish mumkin. Mamlakatimizda bunday ishlar erta kuzda boshlangan. Aholining muayyan guruhi kasallikka qarshi emlandi. Sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlari va shifokorlar tomonidan mahallalar, ta’lim maskanlari, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 
Gripp bilan xastalangan bemorlarga xonadon sharoitida tez va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha imkoniyat yaratildi. Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar vrachlari, patronaj hamshiralar, tez tibbiy yordam shifokorlari aholiga o‘z vaqtida ko‘mak bermoqda. Dorixonalarda mavsumiy gripp kasalligini davolash bo‘yicha dori-darmon zaxirasi yaratildi. Tibbiyot va ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilayotir. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Gripp markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan kasallikka qarshi kurashning samarali usullari aholi orasida keng targ‘ib etilmoqda. Avvalo, qo‘lni tez-tez, ayniqsa, aksirish va yo‘talgandan keyin sovunlab yuvish, bolalarni ham bunga odatlantirish, aksirish va yo‘talish paytida og‘izni ro‘molcha, salfetka yoki boshqa buyumlar bilan bekitish, xonadonda tozalikni saqlash, uyning havosini tez-tez almashtirib turish, isiriq tutatish ana shunday muhim qoidalardan hisoblanadi. Jamoat transporti va aholi ko‘p yig‘iladigan joylarda yuzga oq dokadan tikilgan niqob tutish, uni kuniga uch-to‘rt marta almashtirish kerak. 
Qish mavsumida va erta bahorda organizmda vitaminlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Bu gripp va o‘tkir respirator infeksiyali kasalliklarga qarshi organizmning kurashish qobiliyatini pasaytiradi. Buning oldini olish uchun S vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, piyoz va sarimsoq iste’molini kundalik rasionda ko‘paytirish, rasional ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, jismonan faol bo‘lish, toza havoda sayr qilish, bolalarga paxtali matodan ichki kiyimlar kiydirish va mavsumga mos issiq kiyintirish lozim. 
Bugungi kunda jahon ommaviy axborot vositalarida zika virusi keltirib chiqaradigan kasallik haqida xabarlar tarqatilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bu kasallik bugungi kunda o‘ttizga yaqin mamlakatda qayd etilgan. Kasallik virusi 1947 yilda Ugandadagi Zika o‘rmonida aniqlangani bois shu nom bilan ataladi. Ushbu virus tashuvchisi bo‘lgan Aedes turkumiga mansub chivinlar Afrika va Lotin Amerikasi hududlaridagi o‘rmonlarda uchraydi. Mazkur hasharotlar mamlakatimiz tabiiy iqlim sharoitida yashay olmaydi. Shu bois bu kasallikning yurtimizda tarqalishi ehtimoli yo‘q. 
Kunlar isishi bilan gripp va o‘tkir respirator infeksiyali kasalliklar kamayadi. Boshqacha aytganda, “mavsum” yakuniga yetadi. Biroq har bir inson nafaqat epidemik mavsumlarda, balki har doim o‘zi va yaqinlari salomatligi haqida qayg‘urishi, tibbiy-profilaktika tadbirlariga qat’iy amal qilishi, ogoh va hushyor bo‘lishi zarur.
Kasallikka chalinmaslikning eng zarur va ishonchli yo‘li har kimning o‘z sog‘lig‘iga e’tibori va mas’uliyatidir. 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5051 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Grip, ogohlantiradi, Sog‘liqni saqlash vazirli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
jasurrawkchi Uzbekistonimiz tinch bolsin iloyim, hudo bizni panohida asrasin
Like | 0
Damir9090 %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное