Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sogdiana nega ikkinchi eri bilan ajrashganligini ma’lum qildi

Xonanda ikkinchi marta turmush o‘rtog‘idan ajrashganligining haqiqiy sabablarini oshkor qildi.

Sogdiananing so‘nggi to‘rt yil ichida jamoatchilik orasida ko‘rinmay qolgani ko‘plab savollarni keltirib chiqardi. Aniqlanishicha, u tamomila yo‘qolib ketmagan bo‘lib, o‘g‘lining tarbiyasi bilan shug‘ullangan va ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan hamda sahnaga qaytish uchun o‘zida kuch to‘plagan.

Uning ikkinchi eri “Ris” hokkey klubi prezidenti Bashir Kushtov bilan ajrashishi haqida joriy yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgandi. O‘sha vaytda Sogdiana ajrashish haqidagi gaplarga chek qo‘yib, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari yaxshi saqlanib qolganligini ma’lum qilgandi. Endi esa u bu voqeaning haqiqiy sirlarini oshkor qildi.

“Bashir har qadamimni kuzatib borish uchun ikki nafar qo‘riqchini bog‘lab qo‘ydi”, - deydi Sogdiana “Teleprogramma” nashriga. – Ma’lumki, shou-biznes vakillari uchrashuvlarda bir-birlarining yonoqlaridan o‘pib qo‘yishadi. Bu yerda hech qanday ehtiros yoki ishva yo‘q, ammo qorovullar bu haqda darhol Bashirga ma’lum qilishadi. Men tanishlarimga: “Yigitlar, uchrashganimizda meni o‘pmanglar. Bunday qilsalaring uyimda muammolar kelib chiqadi” deya tushuntira olmadim. Hamkasblarim shunchaki tushunishmadi. Keyin o‘ylab qoldim, o‘pishmayman, tamom vassalom. Holat shunchalikka bordiki, men tadbirlarda tanish-bilishlardan yashirinadigan bo‘ldim. Odamlar yonimdan o‘tib ketayotganda xuddi telefonim tushib ketgandek, yerda timirskalanardim. Axir meni doimiy ravishda to‘rtta ko‘z va to‘rtta quloq kuzatib turibdi. Asablarim buzila boshladi. Doimiy ravishda boshiga tushib turgan bunday bosim ostida hech qaerga borishni istamasligimni tushunib yetdim. Bir kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Oltin mikrofon” mukofotini topshirish marosimiga bordim. Sahna oldida turibman, tez orada chiqishim kerak. Oldimda esa har doimgidek, ikkita “shkaf”. Shu paytda xayolimga o‘zimning chiqishim haqida emas, balki ishqilib yonimga biror tanishim kelib qolmasinda, degan fikr keldi. Shunda yonimga tanish rep ijrochisi keldi va:

- Salom Sogdiana!, - dedi. Ana shunda men u menga tegmasligi uchun narigi tomonga o‘tib ketish uchun uch marta umbaloq oshay dedim. U nima bo‘layotganligini tushunmay menga hayron bo‘lib qaradi. Meni sahnaga chaqirishdi, men esa qochardim. Qiyinchilik bilan kuyladim. ib ketardim. Bunday yashab bo‘lmasligini tushundim. Uyda erim bilan gaplashdim, va nihoyat ajrashishga qaror qildik”.

Eslatib o‘tamiz, Sogdiana avvaliga hindistonlik Ramga turmushga chiqqan va ularning Arjun ismli o‘g‘li bor. Ularning ajrashishi katta janjalga sabab bo‘lgandi. Sobiq er o‘g‘lini Sogdianadan tortib oldi va Hindistonga olib ketdi. Keyinroq uni Toshkentga olib keldi. Xonanda o‘g‘lini ikki yil ko‘rmadi. Tez orada u yana yangi nikoh rishtalarini bog‘ladi, bu safar Bashir Kushtov bo‘ldi. Ularning nikohidan Mikail ismli o‘g‘illari bor.


Sogdiana va Ram

Sogdiana va Bashir Kushtov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12902 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sogdiana
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное