Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Pazanda - Sad Love
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Soundtreck-Великолепный Век
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Yoz Ifori-Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sogdiana: "Mualliflik xuquqi bizda chidab bo‘lmas darajaga keldi!"

Xabar berganimizdek, Sogdiananing "Meni esla" qo‘shig‘ini yosh Maftuna ismli qiz qayta kuylab, unga klip xam suratga oldirib telekanallarda promo reklama qilayotgani va bundan Sogdiananing xabari yo‘qligi va ruxsat olmay kuylab klip chiqarganini bilgach, xuquqshunoslarga murojaat qilayotganini aytgandik.

Izoxlarda "balki ruxsat olgandir, naxotki teldekanallarda klip aylantirishgacha beruxsat qilishi mumkin?" degan savollarga Sogdiana o‘z saxifasida aniqlik kiritadi. Xususan o‘z instagram saxifasida ushbu xolat yuzasidan Sogdiana shunday yozadi:

"Mualliflik xuquqini ximoyalash borasidagi xolat bizning yurtimizda chidab bo‘lmas darajaga yetmoqda! Men mualliflman va qo‘shiq yozganman va yozaveraman. Xamkasblarim va xamkorlarim ijodi va mexnatini xurmat qilaman. O‘rtoqlar! Qaerdan birovni narsasini o‘zinikidek qilib olib ishlatishni mumkin deb xisoblayapsizlar?! Bu xuddiki birovni uyiga kelib ruxsatsiz uning narsasini olmoq degani. M ismli o‘zbek xonandasi mening "Meni esla" qo‘shig‘imni kuylab unga video xam chiqaribdi.

Rotatsiya sotib olib klip suratga olib bu bilan naxotki pullar xammasini xal qiladi deb xisoblaysizlar?

Xurmat va tan olish avval boshqalarni va ularni mexnatini xam xurmat qila olishdan boshlanadi.

Qancha katta artistlarimiz remeyk qilib yangi talqinda qo‘shiqlar qilishar ekan ular buni insoniylik va qonun doirasida amalga oshirishadi.

Men mualliflar ximoyasi uchun! Men va mening guruxim bu narsani adolatli yechim topmagunicha qo‘yib qo‘ymaymiz!"



Manba:sayyod.com
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4093 | Рейтинг: 0| Рейтинг: keldi, bizda, chidab bo‘lmas, darajaga, Mualliflik xuquqi, Sogdiana
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное