Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Suriyada o‘q uzish vaqtincha to‘xtatildi

Suriyada 2011 yildan buyon notinch vaziyat hukm surmoqda. Mamlakatning hozirgi hukumati va hukumatga qarshi oppozision kuchlar o‘rasida kurash ketmoqda. 2011yilning mart oyida “Arab bahori” to‘lqinida avj olgan hukumatga qarshi namoyishlar Suriyaning ko‘plab shaharlarida qurolli mojarolarga aylanib ketdi. Oppozision kuchlar prezident Bashar Asadning iste’fosini talab qilmoqda.

Dastlabki harbiy to‘qnashuvlar hukumat armiyasi va “Ozod Suriya armiyasi” (OSA) guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Suriya oppozisiyasining bosh tashkiloti “Suriya milliy kengashi” (SMK) tashkiloti barcha hukumatga qarshi fraksiyalarni birlashtirgan edi. Lekin, vaqt o‘tib tashkilot tarkibida bo‘linish yuz berdi. Birinchi bo‘lib kurd guruhlari chiqdi va Suriya Kurdistonini boshqaruvchi “Oliy kurd kengashi” muvaqqat hukumatini tuzdi. 2013 yilda SMKdan radikal islom guruhlari ajaralib chiqib “Islom fronti”ga asos soldilar.

Vaqt o‘tgan sayin oppozision kuchlar orasidagi bo‘linishlar natijasida OSA guruhlari sezilarli zaiflashdi va dunyoviy g‘oyalar tarafdori bo‘lgan oppozisiya ikkinchi darajaga tushib qoldi. Hukumatga qarshi kurashuvchi kuchlar orasida radikal islomist guruhlarining roli oshdi. Ular orasida “Jabahat-an-Nusra” ("Al-Qoida"ning Suriyadagi bo‘limi) va DAISh kabi terroristik tashkilotlar yetakchi o‘ringa chiqib oldi.

DAISh terroristik tashkiloti Suriya va Iroqda katta hudularni bosib oldi. Buning natijasida, 2014 yil yozida AQSh va uning ittifoqchilari terrorchilarga qarshi harbiy intervensiya amalga oshirdilar. O‘sha yilning sentabr oyidan DAISh jangarilari joylashgan hududlarga havodan zarbalar berilmoqda.

2015 yilning 30 sentyabridan Rossiya harbiy kosmik kuchlari Suriya hukumati bilan birga terroristlarga qarshi kurash olib bormoqda.

Besh yil davomida urush tufayli Suriya iqtisodiyoti va davlat infratuzilmasiga misli ko‘rilmagan zarar yetkazildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi qurolli to‘qnashuvlar natijasida 220 ming kishi halok bo‘ldi. Odamlar urush bo‘layotgan hududlarni tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Dushanba kuni AQSh va Rossiyaning Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish yuzasidan qo‘shma bayonoti e’lon qilingan edi. Kecha, 26 fevral kuni Suriya oppozisiyasining Muzokaralar bo‘yicha yuqori qo‘mitasi ma’lum qilishicha, “Ozod Suriya armiyasi”ga kiruvchi 97 oppozision guruh ikki hafta davomida o‘t ochmaslikka rozi bo‘ldilar. Vaqtinchalik sulh 27 fevral soat 00:00da boshlandi. Vaqtinchalik sulh DAISh, “Jabahat an-Nusra” kabi terroristik tashkilotlarga taalluqli emas. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Payshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shuni ta’kidladiki, “Terrorizmga qarshi kurashni to‘xtatish haqida hech qanday gap bo‘lgani yo‘q, bo‘lmayapti va bo‘lmaydi ham”.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5292 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Suriya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное