Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishi ma’lum qilindi

Mustaqillikning 25 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 4 sentabr yakshanba dam olish kuni 2 sentabr juma kuniga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur qaror natijasida ko‘pchilikda savollar paydo bo‘lmoqda. “Talabalar qaysi kundan o‘qishga chiqishadi?”, “Birinchi qo‘ng‘iroq qaysi kuni bo‘ladi?”, “Bog‘chalar qaysi kundan ishlashni boshlaydi” va h.k. Ushbu savollarga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberganov izoh berdi.
Oliy ta’lim muassasalarida yangi 2016/2017 o‘quv yili 4 sentabr, yakshanba kunidan boshlanadi. Bu haqida 28 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi barcha OTM rektorlari va filiallar direktorlariga yo‘llagan №87-04-1393-sonli xatda ma’lum qilingan.
Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ham yangi o‘quv yilining dastlabki kuni 4 sentabr, yakshanba kuni etib belgilandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ham 1, 2 va 3 sentabr kunlari dam olish kuni bo‘ladi va 4 sentabr, ya’ni yakshanba kunidan ota-onalar o‘z farzandlarini bog‘chalarga olib borishlari mumkin bo‘ladi.
Ishchilarga keladigan bo‘lsak, mazkur qaror 5 kunlik ish haftasiga ham, 6 kunlik ish haftasiga ham taalluqli.
Bu degani 5 kunlik ish haftasida, ya’ni shanba rasman dam olish kuni bo‘lgan tashkilot xodimlari 1, 2, 3 sentabr kunlari dam olishadi va 4 sentabr, ya’ni yakshanba kuni ishga chiqishadi.
6 kunlik ish haftasida, ya’ni shanba kuni rasman ish kuni bo‘lgan tashkilot xodimlari 1 va 2 sentabr kuni dam olishadi, 3 va 4 sentabr kunlari odatdagidek ishga chiqishadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11829 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi o‘quv yili, Ta’lim muassasalari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное