Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanadi


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 avgust kuni “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qurbon hayiti bayrami shu haftaning juma kuni, 1 sentabr sanasida nishonlanishi munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yangi o‘quv yilining boshlanishi 2 sentabr kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Odatga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari hamda yangi o‘quv yilining ilk darslari shanba, 2 sentabr kuni amalga oshirilishi haqida xalq ta’limi tizimidagi ishchi yig‘ilishlarda aytib o‘tilgan.

Mazkur masala bo‘yicha ma’lumot bergan mutasaddi xodimlarning aytishicha, yangi o‘quv yilining birinchi kunidan so‘ng yakshanba, dam olish kuni bo‘ladi va 4 sentabr, ya’ni yangi haftaning dushanba kunidan barcha o‘quv maskanlari o‘z faoliyatini davom ettiradi.

O‘quv yilining aynan qaysi sanadan boshlanishi xalq ta’limi tizimining rasmiy xabarlarida hozircha kuzatilmagan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4918 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi o‘quv yili, boshlanadi, 2 sentyabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Elyorbek пишет: | 29.08.2017 | 22:50 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует 4 sentyabrdan bosa yaxshi bolardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное