Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Jumong-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. TisMarHan-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"Tabib"dagi yigit Rayhonning Boyfrendi(mi)!?

Zamonning tez sur’atda taraqqiy etganini qarang! Oldinlari shou-biznesning bir vakili haqida yangilik bilishlari uchun payshanba kuni qachon keladi-yu, qachon “Darakchi”ni o‘qiymiz deya kutishardi. So‘nggi yillarda esa haftaning biron kunini kutishga aslo hojat yo‘q. Voqealar shunday shiddatli tarzda tarqayaptiki, ta’bir joiz bo‘lsa, vaqtni ham ortda qoldirmoqda. Yanada aniqroq aytganda, yangiliklar tezligi vaqt bilan “kim ildamroq” o‘ynamoqda!
Bir kunda necha-necha voqealar sodir bo‘lmoqda. Tez fursatda tarqalmoqda va muhokama ham qilinmoqda. Gazeta? Radio? TV? Qay biri yetakchi? Hech qaysisi! Axir, xabardor qilishda ilg‘orlik bayrog‘ini Internet “janoblari” qo‘lga olgan! Hozircha uning oldiga tushadigan biron omilni tasavvur etib bo‘lmaydi. Internetning eng katta yutug‘i – u yuqorida sanab o‘tilgan uch turdagi OAV vazifalarini o‘zida jamlaganligidadir!  Internetda: ham tinglaysiz, ham o‘qiysiz, ham tomosha qilasiz. Va bundan ham muhimrog‘i, erkin munosabat bildira olasiz. Tanqid, maqtov, maslahat... Turli-tuman fikrlar.
Shunday qilib, mavzuga ham yaqinlashdik. Xabaringiz bor, kechagi kun omma e’tibori “Tabib”da bo‘ldi. Ha, yangi qo‘shiqqa ishlanayotgan yangi klipda! Rayhonning yangi klipi suratga olinayotgan paviliondan reportajlar internet olamida yoritildi. Soatlar ichida ijtimoiy tarmoqlar mulohazalarga to‘ldi. To‘g‘ri, bu birinchi marotaba emas. Rayhonning shaxsiy hayoti va ijodi ommaga uzoq yillardan beri qiziqarli bo‘lib kelayotir. Mashhurlikning yukini ko‘tarish esa xonandaga oson emas! Biroq, nailoj, bu hayot, bu taniqli bo‘lishning o‘ziga xos sinovlari! “Feysbuk” tarmog‘ida foydalanuvchilar “Tabib”da suratga tushayotgan yigitni xonandaga “oshiq qilib qo‘yishdi”. Bunday shubhali fikrlar uyg‘onishiga Rayhonning turmush o‘rtog‘i bilan rasman istiqomat qilmayotgani sabab bo‘lgandir? Xullas, shu masalaga oydinlik kiritishga qaror qildik. Lo‘nda-intervyu klip mazmuni haqida ham sizlarga aniqroq ma’lumot beradi degan umiddamiz.
-“Tabib” – yangi repertuaringizdagi eng yoqimli taronalardan. Klip olishga qaror qilganingiz esa quvonarli. Tomoshabinlarga bu klip orqali nimalarni ko‘rsatmoqchisiz?
-Bu ertak klip! Bir muhabbat tarixi. Qadim-qadim zamonlarda bir malika chin muhabbati uchun o‘z taxtidan va bor boyligidan kechishga tayyor bo‘ladi!  
-Yangi  klipdagi imijingizni “Dilimo”dagi kabi ya’ni, takrorlangan deyishmoqda....  
-Men bunday hisoblamayman. “Dilimo” klipida sharqonalik ruhiyati bor edi. Bu klipdagi obrazim Qadimiy Misrni ifodalaydi.
-“Feysbuk”da ayrim foydalanuvchilar yozishicha, “Tabib”dagi qahramon yigit sizning boyfrendingiz?!
-Boya shu ma’lumotni o‘qib, lol qoldim. Kim o‘ylab topadi, bunaqa mish-mishlarni? Bu yigitni birinchi bor ko‘rishim.
-Uni kim topdi?
-Klipni suratga olishdan oldin qahramon izladik. Shu yigitni maslahat berishdi. Uning ishlarini kuzatdik. Suratga tushishda juda professional. Keyin rejissyor bilan maslahatlashib, uni “Tabib”da rol ijro etishini tasdiqladik. Bo‘ldi, boshqa hech qanday gap yo‘q!
-Uning roli nimadan iborat?
-Bu qahramon – qambag‘al temirchi obrazini yaratadi. Malika bilan u yoshligidan birga o‘sishgan. Do‘stlik muhabbatga aylanadi. Ulg‘aygach, buni yanada chuqurroq anglashadi. Hech qanday ijtimoiy tabaqa chin sevgi yo‘liga g‘ov bo‘lolmaydi!
-Malika rolida sizmi?
-Ha.
-Darvoqe, soat tungi 2.00. Hanuz suratga olish davom etmoqdami?
-Ha. Menimcha, ishni ertalab tugatamiz. Biroq, uyqudan voz kechishdan nolimaymiz. Axir, biz ijodkorlarmiz. Bu esa bizning ishimiz.
-Omad yor bo‘lsin!
-Rahmat.
Ana shunaqa gaplar, internet foydalanuvchilari! Bu ham bizning ishimiz. Soat necha bo‘lishiga qaramay, qiziqarli ma’lumotlardan boxabar qili - ishimiz...Ishimizning bir bo‘lagi!
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7640 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tabib, Boyfrend, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Azamat4846 Mish mish yomon narsade. Til qursin
Like | 0
Asem989 Rayhonni Sevaman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное