Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Tanasidan 16 dona igna topilgan bolakay sog‘ayib uyiga qaytdi


Joriy yilning yanvar oyida tanasidan 16 dona igna topilgan 11 oylik bolakay haqida xabar berilgandi. 14-mart kuni Azizbek Abdumajidov sog‘ayib o‘z uyiga qaytdi, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Azizbekning onasi farzandining bezovtaligidan xavotirga tushib shifokorlarga murojaat qilgan edi. Dastlab tomog‘i shishgani, isitmasi borligi tufayli unga shamollash tashxisi qo‘yilgan. Biroq bolakayning ahvoli og‘irlashganida u rentgenga tushirilgan va tanasida ignalar borligi aniqlangan.

Bola va uning onasi zudlik bilan Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirilgan. 17-yanvar kuni Azizbek operatsiya qilingan. 10 nafar shifokor ishtirokida 9 soat davom etgan operatsiyada bolakay tanasidan 13 dona igna olib tashlangan.

Bolalar jarrohli bo‘limi shifokori Doniyor Asadullayevning aytishicha, ignalar Azizbek tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lgan. Chaqaloqning yo‘g‘on ichagi, siydik qopi, ko‘krak qafasi, bo‘yin qismi, umurtqa pog‘onasi, yurak ostidan topilgan ignalar bolani ikki oycha qiynagan.

“Mazkur ikki oy bolakayga tinchlik bermagan. Bu operatsiya tibbiyotda kamdan-kam uchraydigan og‘ir va nozik amaliyotdir. Operatsiyadan keyin Azizbek bir necha kun komada yotdi. Shifokorlarni uning hayotini saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni bajardi”, — deydi Doniyor Asadullayev.

Ayni paytda, bola tanasida 3 ta igna uning hayotiga xavf solmaydigan joylarda turibdi. Tibbiy tahlillarga ko‘ra, hozircha ushbu ignalarning bola sog‘lig‘iga salbiy ta’siri mavjud emas. Agar u bolani bezovta qilsa, kelgusida operatsiya yo‘li bilan olib tashlash mumkin. Azizbek uyiga qaytgach, hududiy shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

Bola tanasiga ignalar qanday tushib qolgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Shifokorlar 11 oylik chaqaloq hech qachon buncha ko‘p metallni yutib yuborolmasligi, qizilo‘ngach va oshqozonda hech qanday jarohat alomati yo‘qligini qayd etishdi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4705 | Рейтинг: 0| Рейтинг: igna, chaqaloq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное