Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Tarovih namozining fazilatlari haqida

Tarovih namozining fazilatlari haqida hazrati Ali (k.v.)dan so‘raganlarida, ul janob shunday debdurlar: “Payg‘ambar (s.a.v.)dan mohi Ramazonda tarovih o‘qimoq fazilatlari haqida so‘radilar. Rasuli akram (s.a.v.) shunday javob berdilar:

Birinchi kechada tarovih o‘qigan mo‘min onasi tuqqan kundagidek gunohdan chiqqay.
Ikkinchi kechada tarovihni o‘qisa, agar ota-onasi musulmon bo‘lsa, Alloh taolo ularning gunohlarini mag‘firat qilur.
Uchinchi kechada tarovihni o‘qisalar, bir farishta: “Xolis qilg‘il amalni, Alloh taolo mag‘firat qildi”, – deb ovoz qilgay, ya’ni Alloh taolo ilgarigi gunohlaringni kechdi, deb ovoz qilur.
To‘rtinchi kechada tarovih o‘qisa, Tavrot, Injil, Zabur va Qur’onning savobini topgaylar.
Beshinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo xonai Ka’baning ichida, Madinai munavvaraning masjidida va Masjidi Aqsoda namoz o‘qigandek savob bergay.
Oltinchi kechada tarovih o‘qisa, Baytu-l-Ma’murni tavof qilgan kishining savobini bergay va toshlaru qumlarning hammasi uning uchun istig‘for aytgay.
Ettinchi kechada tarovih o‘qisa, go‘yoki u Muso (a.s.)ni topibdi va Muso (a.s.)ga Fir’avn va Homonga qarshi yordam qilibdi.
Sakkizinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga bergandek savob bergay.
To‘qqizinchi kechada tarovih o‘qisa, go‘yoki Alloh taologa Payg‘ambar (a.s.)ning qilgan ibodatlaridek ibodat qilibdur.
O‘ninchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratning yaxshiligini nasib qilgay.
O‘n birinchi kechada tarovih o‘qisa, dunyodan onasining qornidan yangi tug‘ilgandek bo‘lib chiqqay.
O‘n ikkinchi kechada tarovih o‘qisa, qiyomat kunida yuzi o‘n to‘rt kunlik oydek bo‘lib kelgay.
O‘n uchinchi kechada tarovih o‘qisa, qiyomat kunida barcha yomonlikdan salomat bo‘lgay.
O‘n to‘rtinchi kechada tarovih o‘qisa, farishtalar kelib, bul kishi tarovih namozini o‘qigan, deb unga guvohlik bergay. Bas, Alloh taolo ro‘zi qiyomatda hisob qilmagay.
O‘n beshinchi kechada tarovih o‘qisa, barcha farishtalar, shu jumladan, Arshu Kursiyni ko‘targan farishtalar ham ul kishiga salavot yuborgaylar.
O‘n oltinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo otashi do‘zaxdan xalos topmog‘i va jannatga kirmog‘iga hukm qilgay.
O‘n yettinchi kechada tarovih o‘qisa, unga payg‘ambarlarning savobidek savob berilur.
O‘n sakkizinchi kechada tarovih o‘qisa, ey bandai Xudo, Alloh taolo sendan albatta xushnuddir va sening ota-onangdan ham rozidir, deb bir farishta ovoz qilur.
O‘n to‘qqizinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo jannatu-l-firdavsda martabalarini baland qilur.
Yigirmanchi kechada tarovih o‘qisa, shahid va solih kishilarning savobi berilur.
Yigirma birinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga jannat ichida nurdan bir bino barpo qilur.
Yigirma ikkinchi kechada tarovih o‘qisa, Qiyomat kuni barcha g‘am-anduhlardan omon bo‘lgan holda kelur.
Yigirma uchinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo jannatda ul kishiga bir shahar bino qilur.
Yigirma to‘rtinchi kechada tarovih o‘qisa, yigirma to‘rt duosi qabul bo‘lur.
Yigirma beshinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo ul kishidan go‘r azobini ko‘targay.
Yigirma oltinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga qirq yillik savobni ato qilgay.
Yigirma yettinchi kechada tarovih o‘qisa, sirot ko‘prigidan yashindek o‘tgay.
Yigirma sakkizinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo jannatda uning darajasini baland qilgay.
Yigirma to‘qqizinchi kechada tarovih o‘qisa, Alloh taolo: “Ey, bandam, jannat mevasidan yegil, Salsabil suviga cho‘milgil, Kavsar suvidan ichgil, men Parvardigoringdurman va sen Mening bandamdursan”, – degay”.

 
Shayx Abdulaziz MANSUR / “Irfon” taqvimidan olindi / Muslim.uz


Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 6351 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tarovih namozi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
kamosh88 Raxmat sizga albatta bunga amal qilamiz Alloh barchamizdan rozi bulsin
Like | 0
samiya Ramazon oyiga etkazgani uchun Olloximga xamd sanolar bo'lsin Iloxim Muhammadga munosib ummat bo'leliii
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное