Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Test: Yaqiningizni kechira olasizmi?


Deylik, turmush o‘rtog‘ingiz sizni qattiq xafa qildi. U bilan qancha vaqt gaplashmay yura olasiz? Aybini tan ol-sa-chi, kechirasizmi?

Quyidagi test yordamida ushbu savollarga javob topishingiz mumkin.

1. Bozorda kimdir oyog‘ingizni bosib oldi. Sizning holatingiz?..

A. «Hechqisi yo‘q» deya e’tibor bermaysiz.

B. Jahlingiz chiqadi.

V. O‘zingizni chetga olasiz.

G. Siz ham uning oyog‘ini bosasiz.

2. Bir necha oy oldin xafalashib qolgan dugonangiz «SMS» yozib, to‘yiga taklif qildi. Nima qilasiz?

A. «Asabiylashsam kerak».

B. «Aniq jahlim chiqqan bo‘lar edi».

V. «Dugonam uchun xursand bo‘laman».

G. «U kimga turmushga chiqayotgani qiziq, to‘yga boraman».

3. Tasavvur qiling, ishga joylashish uchun kelgan nomzodlar orasida maktabda siz bilan ko‘p janjallashgan ayol ham bor.

A.«Suhbat ko‘ngildagidek o‘tishiga harakat qilaman».

B. «Suhbatdan o‘ta olmasligi uchun bor imkoniyatimni ishga solaman».

V. «Uni shu ahvolda ko‘rib turganimdan xursandligimni yashirmayman».

G. «O‘zimni xotirjam tutaman».

4. Ko‘p yillardan beri ko‘rmagan dugonaningizni uchratib qolsangiz nima qilasiz?

A. Qaerga yo‘q bo‘lib ketganiga qiziqasiz.

B. Xursand ekaningizni yashirmaysiz.

V. Nomiga ko‘rishgandek bo‘lasiz;

G. Dugonangiz bilan uzoq suhbatlashasiz.

5. Turmush o‘rtog‘ingiz telefoningizdagi «SMS» ni o‘qiyotganini ko‘rib qoldingiz...

A. «Jahlim chiqadi va buni yashirmayman».

B. «Bu bor-yo‘g‘i «SMS» xafalashishga arzimaydi».

V. «Boshqa bunday qilmasligini so‘rayman».

G. «Menga ishonmasligidan xafa bo‘laman».

6. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan yaqinlaringizdan biri sizni pul sarflashni bilmaslikda ayblasa...

A. Ishlaringizga aralashmasligini aytasiz.

B. Jahlingiz chiqadi.

V. Atay qilayotganini bilasiz va o‘zingizni qo‘lga olasiz.

G. Uni eshitasiz.

7. Sizning-cha, kechirish bu ...

A. Kimningdir taqdirini o‘zgartirish.

B. Oldinga qadam tashlash.

V. Dilozorni unutish.

G. Noxush xayollardan xalos bo‘lish.

8. Qilgan ishidan pushaymonligini aytgan yaqiningizga nisbatan qanday hislarni tuyasiz?

A. Qahr.

B. Alamzadalik.

V. Tushunish.

G. Hamdardlik.

9. Institutda sizni imtihondan yiqitishga uringan o‘qituvchining vafot etgani haqida eshitib qoldingiz.

A. «Sira ham achinmayman».

B. «Yaqinlariga sabr bersin...».

V. «Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin».

G. «Bu savdo hammamizning boshimizda bor».

10. Dilozorga nima degan bo‘lardingiz?

A. «Menga yetkazgan ozorlaringiz o‘zingizga qaytadi».

B. «Bundan buyon menga hech qanday yomonlik qilolmaysiz».

V. «Aslida, siz yaxshi odamsiz. Shu haqida o‘ylab ko‘ring».

G. «Sizni qanchalik yomon ko‘rishimni bilsangiz edi».

Javoblarni quyidagi jadval asosida hisoblang:

Savollar

a

b

v

g

1

4

2

3

1

2

1

2

3

4

3

3

1

2

4

4

2

3

1

4

5

4

3

2

1

6

2

1

4

3

7

3

2

1

4

8

1

4

2

3

9

4

3

2

1

10

1

2

3

4

10 - 17 ball:

Kimnidir kechirishingiz qiyin. Bo‘lib o‘tgan voqealarni uzoq vaqt unuta olmaysiz. Bu ishingiz o‘zingizga ham malol kelsa-da, tan olgingiz kelmaydi.

Eng avvalo, hissiyotlaringiz bilan ishlashni o‘rganing. Kimdandir ranjisangiz, unga nisbatan paydo bo‘lgan hislarni tahlil qiling. Va masalaning yechimini topishga urining.

18 dan 24 ballgacha:

Yaqin insoningiz bilan xafalashib qolsangiz, ruhingiz cho‘kadi. Asabiylashasiz, xatti – harakatlaringizni boshqara olmay qolishingiz mumkin. Ammo hovuringizdan tushgach, barini oson unutasiz. Biroq bu qachon yuz berishini bilib bo‘lmaydi.

Maslahatimiz, jahlingiz chiqqanida tilingizga ehtiyot bo‘ling.

25 dan 31 ballgacha:

Sizni xafa qilish qiyin. Hatto kimningdir qo‘pol muomalasidan ham ranjimaysiz. Sababi, vaziyatni to‘g‘ri tahlil qilishni bilasiz. Ammo ba’zilar buni o‘zlaricha tushunishadi va sizdan foydalanishlari mumkin.

Gohida hissiyotlarga erk berish kerak. Har narsani ichga yutaverish yaxshi emas.

32 dan 40 ballgacha:

Kechirimli bo‘lishga harakat qilasiz. Ammo xatti – harakatlaringiz alamzada ekaningizni sezdirib qo‘yadi. Ba’zan sizni ranjitgan odamdan o‘ch olishni istaysiz. Va beixtiyor unga ziyon yetkazishingiz mumkin.

Kimdandir norozi bo‘lsangiz, yashirmang. Yuziga ayting. Ortdan pichoq urish nomardlik.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 7503 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yaqiningizni, kechira olasizmi, Test
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное