Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘ylarni tartibga solishni kim nazorat qilishi aniq bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2-3 mart kunlari Navoiy viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida yana bir bor to‘y va hashamlar, ulardagi dabdaba, shuhratparastlik haqida so‘z ochib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori qabul qilinishi haqida aytgan edi.

Prezident va’dasining ustidan chiqdi. Avval xabar berganimizdek, bugun, 15 mart kuni “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror loyihasiO‘zbekiston Respublikasi Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Joriy yilning 30 martiga qadar, 15 kun davomida ushbu qaror fuqarolar tomonidan muhokama qilinib, takliflar qabul qilinadi.

Qarorga muvofiq to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borishi belgilangan.

Qarorning ijrosini nazorat qilish esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova zimmasiga yuklanadi.

2017 yilning oktabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisida Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etilib, Svetlana Ortiqova ushbu komissiyaga rahbar etib tayinlandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7223 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘ylar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
shohista077 1000% togri qaror...xalqimiz ichidagi dardi Edi bu .Togrida nima keragi bor bunday marosimlarni puli borla qiladi arang yashayotganlachi .Otasi puldorla eplaydi otasi yoqlachi nima qilardi .Toy bir kun otsa boldida boshqa marosimlani yoq qilish eng yashi qaror
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное