Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Torg.com endilikda OLX.uz ga aylanadi

2015 yilning 31 martidan Torg.com e’lonlar taxtasi OLX.uz deb qayta nomlanadi. Bu muvaffaqiyatli onlayn-loyiha yangi OLX brendi ostida faoliyat yuritadi.
Bu qayta nomlash faqatgina sayt nomi va logotipining o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Qolgan opsiyalar, umumiy dizayn, funksionallik va saytning mobil dasturlari avvalgidek tartibda ishlayveradi. Foydalanuvchilar avvalgidek xabarlar jo‘natishlari, bloknotda e’lonlar saqlashlari va saytning barcha imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalana olishlari mumkin bo‘ladi.
OLX.uz loyihasi rahbari Vyacheslav Kanning so‘zlariga ko‘ra, bu rebrendingdan (qayta nomlashdan) maqsad yurtimiz bozorida Torg.com erishgan barcha yutuqlar va muvaffaqiyatlarni saqlab qolishdan iborat. Bu esa har oy 2,5 mln foydalanuvchi deganidir. “Biz “Torg”dan faol foydalanib kelgan o‘z auditoriyamizni saqlab qolmoqchimiz va bizning sayt 10 yildan ko‘proq vaqt ichida erishgan ijobiy nufuzimizni mustahkamlamoqchimiz. Saytning keyingi rivojlanishi OLX brendi ostida davom etadi. Saytdan foydalanishda noqulaylik keltirib chiqaradigan hech qanday qo‘shimcha narsalar amalga oshirilmaydi. Bizlar o‘z shiorimizga sodiq qolamiz: “O‘zbekiston aholisiga tez va oson mahsulotlarni sotish va sotib olish, ish va boshqa xizmatlarni topish orqali ularning hayotini yaxshilash”.
OLX e’lonlar onlayn-taxtasi xizmatini bepul taqdim qiluvchi jahonga mashhur xalqaro saytlar tarmog‘i hisoblanadi. Bugungi kunda bu xalqaro tarmoqqa 40 dan ortiq davlat kiradi. Shu bilan birga har bir sayt faqatgina o‘zi faoliyat yuritadigan mamlakat uchungina xizmatlarni taqdim qiladi. Rebrendingdan maqsad OLX brendining jahon miqyosida xalqaro ishtirokini mustahkamlash va kengaytirishdan iborat.
Butun dunyo bo‘ylab 200 mlndan ortiqroq foydalanuvchilar OLX saytlariga tashrif buyuradi. OLX Portugaliya, Hindiston, Braziliya, Polsha, Ukraina, Bolgariya, Ruminiya va boshqa ko‘plab davlatlar bozorida yetakchi bepul e’lonlar sayti hisoblanadi.
2015 yil 31 martdan http://www.torg.com/ manzili bo‘yicha murojaat qilgan barcha foydalanuvchilar avtomatik tarzda http://olx.uz/ manziliga jo‘natiladi.
Ma’lumot uchun, OLX (onlineexchange) – internet-tadbirkorlar Fabris Grind va Alek Oksenford tomonidan asos solingan e’lonlar taxtasi brendi hisoblanadi. Hozirda OLX brendi Naspers xalqaro media- va dijital-kompaniyasiga egalik qiladi.
 Manba:kun.uz


Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 3271 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Torg.com
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
JaMShiDXoN Zo'rkuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное