Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Efir Sirlari - Piano Version
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ayol Qalbi - True Love
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi sirlar ochilmoqda



Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi o'quv yili uchun qabul imtihonlari natijalaridagi ishonarsiz raqamlarni payqab qolishdi. Taniqli huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev feysbukdagi sahifasida «Narxozdagi tasodif» nomi ostida post e`lon qilgan, unga ilova qilingan fotosuratda o'qishga qabul qilinganlar ro'yxatidagi abituriyent to'plagan ball bilan o'qishga kira olmagan abituriyent to'plagan ball o'rtasida juda katta farq borligini ko'rish mumkin.

Ko'p o'tmasdan shu universitetning qabul imtihonlari natijalariga oid boshqa suratlar ham berildi. Xususan, Menejment yo'nalishining rus guruhlariga jami 15 kishi (1 ta grant, 14 ta kontrakt) olishgan va unga 48 kishi hujjat topshirgan. Shunda kontraktning eng oxirgi balli 175,6 ball bo'lgan, ammo chiziqdan pastdagi 1-abituriyentning balli 72,5 ball! Ya`ni, 103 ballik farq!

Statistika yo'nalishida ham shunday holat. Bu yo'nalishga 60 kishi qabul qilingan (5ta grant, 55ta kontrakt) va 200 kishi hujjat topshirgan. Kontraktga kirish balli 177,7 ball bo'lgan. Kirolmagan ro'yxatida birinchi bo'lib turgan abituriyent esa atigi 87,1 ball to'plagan. Oradagi farq 90 ballni tashkil qiladi!

«Bu yil 1 avgustdagi qabul jarayonlari xalq kutganidek, ya`ni adolatli, qattiqqo'llik bilan, shaffof tarzda o'tdi, deya ayta olamizmi?

To'g'ri, bir narsani ochiq tan olish kerak, joriy yilda avvalgi yillardan ko'p yaxshi yangiliklar yo'lga qo'yildi. Shaffoflikni ta`minlash uchun zamonaviy texnologiyalar yordamidan foydalanildi. Lekin bu ishni hamma OTMlar qildimi? Menimcha, yo'q.

Masalan, bitta misolni aytay. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (o'sha mashhur Narxoz) Korporativ boshqaruv yo'nalishida kirish ballariga e`tibor qilsak, davlat granti uchun o'tish balli 214,2, kontraktning eng oxirgi balli esa 163,8 bo'lgan.

Lekin eeeeeng qizig'i kira olmaganlar, ya`ni chiziqdan pastdagilarning birinchi o'rnida turgan abituriyent 97,3 ball to'plagan. Undan keyingi abituriyentlar 87, 84, 83, 80 ball olishgan. Tasavvur qilyapsizmi?! Yo'q, Siz farqni tasavvur qilyapsizmi, salkam 70 ball?!!!

Ma`lumot uchun, ushbu yo'nalishga 257 kishi topshirgan. 4ta byudjyet, 66ta kontrakt olishgan. Demak, dastlabki 70 nafar abituriyent 163 balldan ko'p to'plashganu, keyingi 187 nafar abituriyent negadir 100 balldan kam olishgan. O'ta aqllilar va o'ta bilimsizlar topshirgan ekanda unda?

O'tgan yili xuddi shu yo'nalishga 53ta o'rin berilgan, ya`ni bu yilgidan 17ta kam. Lekin shunga qaramasdan o'tgan yili ball aksincha past bo'lgan – 155,4 ball! Bir yilda shunchalik vunderkindlar ko'payib ketibdi-da? Mantiq ishlamay qoldi.

Tasodif deysizmi? «Tasodiflar tasodif emas», degan mashhur gap bo'lardi.

Xo'sh, aytingchi, bu shunchaki tasodif ekanligiga, bu yerda hech qanday «sxema» ishlatilmaganiga kimni ishontira olasiz? Kimni? Xalqni shunchalik ahmoq deb o'ylashadimi ayrim vijdonini pulga sotayotgan «uddaburon»lar!

Balki «Narxoz»dagilarga mening bu gaplarim yoqmas, balki meni isbot va dalillarsiz nohaq gumon qilayotganlikda ayblashar. Lekin agar istashsa, o'sha kirgan 70 nafar talabalar va kira olmay qolgan soxta «abituriyentlar» bilan suhbat qilib, kalavaning uchiga bir kundayoq yetish mumkin. Faqat bu ko'pchilikka yoqmasligi aniq», deya yozgan Xushnudbek Xudayberdiyev.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4304 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iqtisodiyot universiteti, narxo'z, abiturient
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное