Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Jumong-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda

26 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlarini o‘tkazish belgilangan edi.
Ayni vaqtda Toshkent shahri, Beruniy metro bekati yaqinidagi "O‘zko‘rgazmasavdo markazi"da imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yerda ertalabki soat 7:30 da "Dasturiy injiniring yo‘nalishi" (CSE) bo‘yicha imtihon boshlangan bo‘lib, soat 11:30gacha davom etishi belgilangan.
Kunning ikkinchi yarmida esa (soat 12:30 dan 16:30gacha) "Kompyuter injiniringi yo‘nalishi" (ICE) bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi.
25 iyul kuni abiturientlar uchun imtihon oldi kunida konsultatsiya o‘tkazilgan va ular qoidalar bilan tanishtirilishgan.
Qoidalarga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan hududga pasportning asl nusxasi, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjat va IDli braslet bilan kelish tayinlangan.
Imtihon o‘tkaziladigan binoga shaxsiy buyumlar (sumka, uyali aloqa telefoni, kalkulyator, planshet) olib kirish man qilingan. 120 daqiqa davom etadigan imtihon vaqtida tanaffus berilmasligi aytilgan. Shpargalka (ixcham-varaqa)dan foydalangan, ko‘chirishga harakat qilgan yoki imtihon qoidalariga rioya qilmagan abiturientlar imtihondan chetlatilishi haqida ogohlantirilishgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6647 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Inha universiteti, abiturient
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
@Kamilla@ Ajoyib universitet!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное