Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Toshkent shahrida 5 nafar maktab o‘quvchisi “o‘lim guruhi”dan saqlab qolindi


Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari vakillari yakuniy maqsadi o‘z joniga qasd qilish bo‘lgan “Ko‘k kit” o‘yinida 15-darajaga o‘tgan 5 nafar maktab o‘quvchisini “o‘lim guruhi”dan saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB vakili “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “1news.uz”. 


“Pravda Vostoka” nashrining qayd etishicha, virtual kengliklarni nazorat qilish o‘ta mushkul, ba’zan hatto ota-onalar ham farzandlari aynan qaysi saytlarga kirayotganligini bilmasligi mumkin. Xususan, bir necha oydan beri “Ko‘k kit” o‘yiniga (uning “Meni 4:20 da uyg‘ot”, “Feya” kabi ko‘plab nomlari bor) qiziqish kuchaygani kuzatilmoqda. 

Bola yoki o‘smir o‘yinda ishtirok etishga rozi bo‘lishi bilan unga turli topshiriqlar berish boshlanadi. Avvaliga ular xavfsizdek tuyuladi. Masalan, kit yoki karkidonning suratini chizish, tongda turish va shunga o‘xshash, biroq daraja oshib borgan sari vazifalar murakkablashib, xatarli tus ola boshlaydi. Bolalardan gazni yoqib qo‘yish va uxlash yoki harakatlanayotgan transport oldidan yugurib o‘tish so‘raladi. 

Joylarda bolalar va o‘smirlarni bu kabi “o‘yin”lardan asrashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ruhshunoslarning nafaqat bolalar, balki ota-onalar bilan muloqotlari faollashdi. Barcha ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tegishli mutaxassislar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. 


Manba:daryo.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 5956 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pravda Vostoka, maktab o‘quvchisi, Ko‘k kit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asadbek2002 no Man chunmadim bu yomon ishkuuu
Like | 0
NuR_KR Nimasi bu?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное