Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent shahrida ichimlik suvi 2018 yil uchun to‘lov oshirildi


Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga 100 so‘m/m kub. miqdorida maxsus ustama haq belgilandi. Bu haqda shahar hokimi joriy yilning 12 yanvar kuni imzolagan 69-son qarorida shunday deyiladi.

Qarorda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 1 m.kub suv uchun endilikda 600 so‘m to‘lanadi. Gap shundaki, Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalaridan biri sifatida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilanishi nazarda tutilgandi. Aynan mana shu vazifani bajarish maqsadida ichimlik suvi uchun to‘lanadigan narx oshirilmoqda.

Ichimlik suvi hisoblagichini o‘rnatmagan iste’molchilardan suv ta’minoti xizmati uchun oshirilgan miqdorda, ya’ni 1,5 barobarda to‘lov undiriladi. Masalan, bir oyda maxsus ustama haq bilan hisoblaganda o‘rtacha 9948,5 so‘m to‘laydi.

Ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmaydi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1965 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ichimlik suvi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное