Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi o‘chiriladi


“Suvsoz” Davlat Unitar Korxonasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi sababli, ichimlik suv tarmog‘ini sayta qurish va ulash ishlari olib borish munosabati bilan 22 avgust 2017 yil soat 00:00 dan 23 avgust 2017 yil soat 05:00 gacha ichimlik suv ta’minoti to‘xtalishi yoki suv bosimi pasayishi kuzatilishi haqida ma’lum qiladi.

Ichimlik suv ta’minoti to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan manzillar ro‘yxati:

Mirobod tumani bo‘yicha:

- Salar maxallasi: 1-tor Nukus ko‘chasida

-Tong Yulduzi maxallasi: Mexrjon, Qo‘shko‘prik ko‘chalarida va Inokobod ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.

- Ruhiy kasalliklar kasalxonasi

- 4-sonli Tug‘ruqxona

- Xarbiy Prokratura

- Qon quyish laboratoriyasi

- Bolalar ruxiy kasalliklari sanatoriyasi

- Teri kasalliklar kasalxonasi

Yashnobod tumani bo‘yicha:

- Cho‘lpon maxallasi: 9 qavatli uylar 2dona, 4 qavatli uylar 11dona

- Jo‘rabek maxallasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 23

- Ma’rifat maxallasi: Boku ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Qashqadaryo ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Osh, Sulton Sanjar, Mirg‘ob, Ma’ruf, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari

- Shironobod maxallasi: Osh ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Ma’ruf ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Suv bo‘yi, Axsikat ko‘chalari

Keltirilgan noqulayliklar uchun “Suvsoz” DUK korxonasi uzr so‘raydi.

Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar (vodovozlar) yuboriladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2513 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, ichimlik suvi, hudud, ayrim, o‘chiriladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное