Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Pazanda - Sad Love
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

"Toshkent" telekanali shifokorlarni tamagirligi uchun tanqid qildi

Ko‘rsatuvda oq xalatdagi xaloskor shifokorlarning ko‘pchiligi o‘z vijdoniga qarshi borib, joni og‘rib turgan bemorga yordam berish o‘rniga, uning dardini og‘irlashtirayotgani haqida so‘z boradi.
24 yanvar kuni soat 19:00 da “Toshkent” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Sizga aytsam” dasturida aksariyat shifokorlar va hamshiralarning tamagirligi, ular orasida kun sayin urchib borayotgan poraxo‘rlik, bemorlarning dardiga malham bo‘lish o‘rniga, ularning “cho‘ntagini qoqish”, keraksiz dori-darmonlarni tavsiya etish masalasiga e’tibor qaratildi. Ko‘rsatuvda oq xalatdagi xaloskor shifokorlarning ko‘pchiligi o‘z vijdoniga qarshi borib, joni og‘rib turgan bemorga yordam berish o‘rniga, uning dardini og‘irlashtirayotgani haqida so‘z bordi. Gippokrat qasamini ichgan ba’zi shifokorlar dorixonalar bilan “shartnoma”tuzib olayotgani, qimmat, keraksiz va foydasiz dorilarni bemorlarga tavsiya qilayotgani va bu bilan odamlarning ishonchini suiiste’mol qilib, oq xalatiga dog‘ tushirayotgani tanqid ostiga olindi.

Hamma shifokorlarni bir o‘rinda ko‘rib, ularni vijdonsizlikda ayblash noo‘rin, albatta. Oq xalat kiyganlar orasida farishta misol jonimizga oro bo‘lib, ham bilimi, ham shirin so‘zi bilan dardimizga davo topadigan, elu yurt salomatligi uchun tinmay mehnat qiladigan, xalq oldidagi mas’uliyatini nafsidan, mol-davlatdan ustun ko‘radigan shifokor va hamshiralar ham yo‘q emas. Dastur so‘ngida aynan shu fikrlar ilgari surildi.

Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimiga alohida e’tibor qaratilib, yangi tibbiyot muassasalari foydalanishga topshirildi, ular eng zamonaviy texnikalar bilan boyitilyapti. Eng chekka qishloqlardagi vrachlik punktlarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. So‘nggi yillarda shifokor va hamshiralar, tibbiyot muassalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik maoshlarini oshirish masalasiga ham davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi. Shifokorlar bu shart-sharoitlarga qanday javob qaytaryapti? Bu borada sizning fikringiz qanday? “Qalampr.uz” muammolaringizga quloq tutishga va ularning yechimini topishga doim tayyor.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3299 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shifokorlar, Toshkent telekanali, tanqid qildi, tamagirlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное