Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, to‘y 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan. To‘yga 50 nafar mehmon chaqirilgan.

“Kuyovning onasi bilan suhbatlashganimizda to‘yga xonanda chaqirmadik, shunchaki, kelinni olib keldik dedi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba. Qo‘shimcha qilinishicha, kelinning otasi M.R. tez tibbiy yordamda bosh shifokor, onasi T.X. ham shifokor bo‘lib ishlaydi. Oila tumanning “Quruvchilar” mahallasida yashaydi. Kuyovning opasi F.A. ham oliy toifali shifokor.
Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu xabar o‘rganilayotganini, qudalar tibbiyot xodimlari ekanligiga oydinlik kiritilishini yozgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanida karantin vaqtida kuyov-navkar marosimi o‘tkazilgani, tadbir tashkilotchisi hisoblangan kelinning otasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Chilonzor tumanida ham to‘y marosimini o‘tkazishga urinish holati qayd etilgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 23-martdan boshlab O‘zbekistonda to‘ylar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan. Shuningdek, fuqarolarning o‘ta zaruratsiz uydan chiqishi cheklangan, bemaqsad ko‘chada yurganlar javobgarlikka tortilmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5364 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qoidalariga zid, Shifokorlar, Qashqadaryolik, karantin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное