Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 14-mart kuni yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 14-mart, dushanba kuni havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Xabar berishlaricha, 14-martga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston tog‘li hududlarida kechasi 0…+5 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2…+7 daraja, Toshkent shahrida esa +6…+8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
14-mart kuni kunduzi O‘zbekiston tog‘li hududlarida +10 darajagacha, Toshkent shahrida +12 darajagacha iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +15 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 14-mart kuni kunduzi havo harorati +10…+15 daraja bo‘ladi, ba’zi joylarda +18 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13…+18 darajagacha iliq bo‘ladi.
14-mart kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2089 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yomg‘ir yog‘adi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
BIYOGA 14-may kunimi, mart oyi masu
админbu eski habar! 14 mart haqida yozilgan!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное