Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qirolicha - Soundterck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 3 balli yerosti silkinishlari sezildi

Toshkent shahrida 7-dekabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 12:52 da yerosti silkinishlari sezildi. O‘zbekiston raqamli seysmik tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda Rixter shkalasi bo‘yicha 3 balli zilzila kuzatilgan.
Yevropa-O’rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Tojikiston hududida bo‘lgan. Xabar berishlaricha, epitsentrda zilzila magnitudasi 7,2 ga teng bo‘lgan (bu so‘nggi bir yilda davomida jahon bo‘yicha kuzatilgan eng kuchli zilzilalardan biridir), o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Tojikiston hududida ro‘y bergan kuchli O‘zbekistonning boshqa shaharlarida, xususan, Farg‘ona vodiysi shaharlarida, Samarqandda ham sezilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar qoldirilgan.
Zilzila oqibatida jabrlanganlar va ehtimoliy vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Bungacha o‘tgan bir oy davomida Qirg‘iziston va Afg‘oniston hududida yuz bergan zilzilalarning aksariyati O‘zbekiston hududida ham sezilgan edi. Jumladan, Toshkentda 17-noyabr kuni 22:29 da 2,5—3 balli, 20-noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21-noyabr kuni 5:16 da 2 balli, 22-noyabr kuni soat 23:16 da 1—2 balli, 25-noyabr kuni soat 21:45 da Andijonda 2 balli, 1-dekabr kuni soat 11:14 da 2,5 balli zilzilalar sezildi.
Avvalroq O‘zbekiston Seysmologiya instituti Toshkent shahrida 10 balli yer silkinishi sodir bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etib chiqqandi. Bundan tashqari, 2015-yil oxirigacha O‘zbekistonda zilzilalar haqida tezkorlik bilan ma’lumot beruvchi seysmostansiyalar tarmog‘i tashkil etilishi ma’lum qilingan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2470 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zilzila, yer qimirladi, yer osti silkinishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное