Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 51 xonali hovlining auksioni bo‘lib o‘tadi

14-fevral kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hovlining kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tadi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Lot izohida yozilishicha, 2017-yilda qurilgan 1 va 2 qavatli hovli 51 xonadan iborat.  0,52 gektar maydonda joylashgan hovlining umumiy maydoni 2052,88 kvadrat metrni tashkil etadi. 

Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya mavjud. Xonadon 135 turdagi tovar va moddiy boyliklar bilan savdoga qo‘yilmoqda.

Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 32,6 milliard so‘m. Arizalar 14-fevral 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Lot harbiy sud hukmi bilan auksionga qo‘yilgan. Buyurtmachi sifatida Toshkent shahar Yunusobod tumani MIB ko‘rsatilgan.

 

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3013 | Рейтинг: 0| Рейтинг: auksioni, hovlining, 51 xonali, Toshkentda, bo‘lib, o‘tadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное