Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi biznes markazida chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 18 sentabr kuni, soat taxminan 18:30da Toshkent shahridagi Amir Temur shohko‘chasi va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida joylashgan «Wyndham Tashkent» (sobiq «Dedeman») mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda voqea joyida kuzatuv olib borgan kun.uz muxbiri ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, sodir bo‘lgan yong‘in 1 soatga qolmasdan o‘chirilgan.
Ayni paytda voqea joyida maxsus xizmatlar xodimlari bo‘lib turishibdi va vaziyatni nazorat qilishmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kichik yong‘in tufayli jarohatlanganlar yo‘q.
Bundan oldinroq, ushbu yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta yong‘in o‘chirish mashinalari jalb qilingani va voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari chaqirilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq, o‘t o‘chiruvchi mashinalar soni oshgan.
Hodisa sabablari haqida hozircha aniq ma’lumotlar berilmadi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda voqea hududiga yaqin yo‘llardan biri yopib qo‘yilgani uchun, boshqa yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5652 | Рейтинг: 0| Рейтинг: biznes markaz, Toshkentda, chiqqan yong‘in, bartaraf etildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное