Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - Sad Love
. Zerda - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Ayol Qalbi - You can't say
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda butun shahar qidirgan qiz topildi

Yunusobod tumanida yo‘qolgan qiz topilgani ma’lum bo‘ldi. 3 iyun kuni butun Toshkent bir kun avval maktabdan chiqib, uyga qaytmagan Nigoraning taqdiridan xavotirga tushdi.
Qizning ota-onasi, u ta’lim oluvchi 302-maktab o‘qituvchilari, milisiya xodimlari va volontyorlar Nigorani qidirib butun Yunusobod tumanini qarab chiqishdi, e’lonlar yopishtirishdi. Qidiruv ishlari asosan Universam hududi atrofida olib borilgan, chunki oxirgi marta qizni shu yerda ko‘rishgan. Biroq maktab o‘quvchisi umuman boshqa joydan topildi. Qizning otasining so‘zlariga ko‘ra, butun shahar Nigorani izlayotgan bir payt uning qizi Xasanboyda yashovchi dugonasinikida bo‘lgan. 
Ikki dugona vaqtlarini juda chog‘ o‘tkazgan bo‘lib chiqishdi. Dastlab qizlar velosipedda uchishgan, keyin kinoteatrga borishgan, u yerdan chiqib  kafeda o‘tirishgan, so‘ng sayr qilishgan...qarashsa soat 22:00. Dugonasi Nigora uydagilaridan gap eshitmasligi uchun uning uyida qolishni taklif qilgan. Ertalab qizlar Nigoraning qidirilayotganidan xabar topishgan. Ikkalasi ham qo‘rqib ketib, indamaslikni ma’qul ko‘rishgan. Shu bois dugonasining telefoni o‘chiq bo‘lgan.
"Kecha men shahrimizda umuman notanish kishilarga yordam berishga, ular uchun qayg‘urishga tayyor insonlar borligiga ishonch hosil qildim. Sizlarga qanday qilib o‘zimning ulkan minnatdorchiligimni bildirshini ham bilmayman", - deya ta’kidladi qizning otasi. 
3 iyun kuni kechqurun Nigora o‘zining uyiga kelgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 14894 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: butun shahar, Toshkentda, qiz topildi, qidirgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Margarita_95 Wuni aytiwadida ona ko'ngli bolada bola ko'ngli dalada deb
Like | 0
Sanobar Voy qiz bolayam wunqa befarq böladimi loqal ota onasiga telefon qib qöymiydimi.
Like | 0
aziz700 Manga farqi yoq)))
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное