Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi


Toshkentning Chilonzor tumanida o‘tgan oqshom bir oilaning to‘rt farzandi kutilmaganda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oila azolari o‘tgan kech poytaxt oshxonalaridan birida kabob iste’mol qilishgan. Shundan so‘ng bolalarning onasi o‘zini yomon his qilgan.

Uning ovqatdan zaharlangani aniqlangan. Ertalab esa oilaning 6 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan to‘rt farzandi vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekshiruv ishlari olib borilmokda. Voqea haqida tekshiruv xulosalari chiqqanidan so‘ng batafsil ma’lumot beriladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 14607 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bir, oila, vafot etdi, 4 farzand, Toshkentda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
baxodir Qandaydir shubhali baribir ota onasiga unchalik xech narsa bo`lmabdi
Like | 0
аватар отсутствует is gazidan bopti shashlidanamas mahallda turadi ula
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное