Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi



«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shahslar – O'zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro'yhati» ga o'zgartishlar kiritildi. O'zgartishlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 22 avgustda qabul qilinib, 25 avgustda Senat tasdig'idan o'tgan, 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev tomonidan imzolangan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunning 21-moddasiga muvofiq kiritildi.Unga ko'ra, poytaht hududida propiska qilinish huquqiga ega bo'lganlar doirasi toraydi. Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo'lganlarning faqat eri yoki hotini, voyaga Yetgan turmush qurmagan farzandlari, o'zaro va (yoki) ilgarigi nikohdan dunyoga kelgan voyaga Yetmagan farzandlari hamda asrab olingan farzandlarigina doimiy propiskadan o'tishlari mumkin bo'ladi.Norma.uz nashri tomonidan izohlanishicha, muqaddam propiskaga qo'yilganidan so'ng uning birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ham doimiy propiska olishi mumkin edi. Masalan, ota o'z o'g'lini propiskaga qo'ygach, uyga o'g'ilning onasi (agarda avval ro'yhatning 5-bandi bo'yicha otasining hotini sifatida propiskadan o'tmagan bo'lsa), ona tomondan bobosi va buvisi, uning turmush o'rtog'i, yoshi va oilaviy holatidan qat`i nazar, barcha farzandlari doimiy ro'yhatdan o'ta olar edi.Endilikda huddi shunday vaziyatda o'g'ilning faqat quyidagi qarindoshlarigina propiskaga qo'yilishi mumkin: uning rafiqasi, oila qurmagan (uylanmagan va turmushga chiqmagan) voyaga Yetgan farzandlari hamda er-hotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug'ilgan yohud nikohsiz tug'ilgan voyaga Yetmagan bolalari, shuningdek asrab olingan farzandlar.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6334 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: qarindoshlar, propiska
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Ali Tashkentke bariu Nyu-Yorkqa bariuday bolip qalama diymin bul barista
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное