Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Toshkentda Samsung Galaxy J1 smartfoni 500 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

Samsung kompaniyasi tomonidan yil boshida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus chiqarilgan Galaxy J1 smartfoni O‘zbekistonda sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Telefon qutisida smartfonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa qator davlatlar uchun chiqarilgani ko‘rsatilgan.
Smartfon byudjetli sinfga tegishli bo‘lsa-da, yaxshigina texnik xususiyatlarga ega. Chunonchi, Galaxy J1 4 yadroli Marvel PXA1908 protsessori, 4,3 dyuym va 480×800 pikselli displey, 1 Gb tezkor va 4 Gb ichki xotira (+microSD), 5 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kamera hamda 1850 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilma Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida Samsung Galaxy J1 500 ming so‘mdan sotilmoqda.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4340 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: SAMSUNG Galaxy J1
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
nelly96 Tugab ketgandur
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное