Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda YHXB boshlig‘i nomiga soxta «vizitka” yasalgani maʼlum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i polkovnik Rafiq Jalilov nomiga yasalgan tashrif qog‘ozi (vizitka) va “Kobalt” rusumli avtoulov haydovchisi hujjatlari surati tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB boshlig‘i topshirig‘iga asosan tekshiruv o‘tkazildi. Tashrif qog‘ozidagi imzo kim tomonidan bajarilganini aniqlash maqsadida, sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlandi. IIV Ekspert-kriminalistik bosh markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tashrif qog‘ozidagi imzo Rafiq Jalilov tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan bajarilgani aniqlandi.

Hozirda ushbu imzoni bajargan shaxsni aniqlash borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

IIBB xabarida taʼkidlanishicha, tashrif qog‘ozi hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas hamda rasmiy hujjat bo‘lmagani sababli tashrif qog‘ozi hech kimga muayyan huquq hamda imtiyoz bermaydi.

Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan barcha YHXB shaxsiy tarkibiga yo‘llarda tashrif qog‘ozlarini ko‘rsatish holatlariga keskin chora ko‘rish va bu haqida darhol shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga axborot berish lozimligi haqida ko‘rsatma berilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratda aks etgan guvohnoma egasi, yaʼni avtoulov haydovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan Z.S. so‘nggi bir yil ichida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marotaba maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan oldin haydovchilar orasida maxsus “vizitka”lar tarqalgani, YHXX ular soxta ekanini maʼlum qilgani xabar berilgandi. 


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1252 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boshlig‘i, YHXB, vizitka, Toshkentda, yasalgani, bo‘ldi, soxta, maʼlum, nomiga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное