Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi avtobuslar yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfiksiya qilinmoqda


Turli yuqumli kasalliklar viruslari keng tarqalishining oldini olish maqsadida Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari boshlandi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Bu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.

Eslatib o‘tamiz, xorij davlatlarida, xususan, Xitoyda xavfli yuqumli virus — koronavirus bilan kasallanish holati avj olgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu virus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi. Koronavirus tarqalishi tufayli Xitoydan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 5-fevral, chorshanba kuni, e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 71 nafar fuqarodan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar olingan.

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda tibbiy niqoblar savdosi avjiga chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yozishicha, aksariyat dorixonalarda tibbiy niqob tugab qolgan, borlari esa odatdagi narxdan qimmat sotilmoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekistonda tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopilishini ma’lum qildi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2176 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuqumli kasalliklar, avtobus, dezinfiksiya qilinmoqda, Toshkent, qarshi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное