Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Jumong-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi kafeda Xitoy fuqarosi ayolni oila a’zolari qarshisida urdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 6-yanvar kuni navbat talashgan mijozlar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 18:00 atrofida Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida Xitoy fuqarosi S.V. (1983-yilda tug‘ilgan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, oshxonada oila a’zolari bilan ovqatlanib turgan K.D. (1986-yilda tug‘ilgan) bilan janjallashgan. O‘zaro tortishuv oqibatida erkak uning bosh qismiga o‘ng qo‘lini musht qilgan holda bir marta zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Tergov departamenti ilova qilgan suratda jabrlanuvchining jinsi ayol ekanini bilish mumkin.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida K.D.da yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, S.V. hamda K.D. mazkur umumiy ovqatlanish maskanida navbatlarini bo‘lisha olmay qolgani aniqlangan. Shu vaqtda S.V. fuqaro K.D.ni ingliz tilida haqorat qilgani sababli janjal ko‘tarilib, tortishuv natijasida S.V. uni urib, tan jarohat yetkazgan.

Holat yuzasidan S.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1439 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkentdagi, urdi, ayolni, Xitoy, qarshisida, oila, a’zolari, kafeda, fuqarosi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное