Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Ulug'bek Raxmatullayev (Hayoti va Ijodi)

 Rahmatullaev Ulug'bek Ibrohimovich
1982 yil 29 yanvar Toshkent shahrida, eski shaharda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oilada 5ta farzand: 3 o'g'il, 2 qiz. Ulug'bek oilada uchinchi farzand. Bog'cha paytida yosh Ulug'bek yurtimiz nashrlaridan birida namoyon bo'lgan. Balki o'sha davrlarda Ulug'bek
Rahmatullaevning ilk yulduzlik yurishi boshlangandir. Buni qarangki, Ulug'bek bog'cha paytida qizlardan tashkil topgan "musiqiy guruh"ga "rahbarlik" vazifasini o'tagan. 1989 yil birinchi sinfga Yunus obod tumanidagi 265-maktabga borgan. 3-sinfdan e'tiboran istiqomat manzili o'zgarganligi sababli Nazarbek dahasidagi 8-maktabga
ko'chib o'tgan. Maktab davridanoq Ulug'bekda musiqaga bo'lgan qiziqishi ko'rinib turardi. Jumladan, musiqiy fanlarda a'lo baholar bilan tahsil olgan.
6-sinfdan boshlab, 129-maktabga navbatdagi ko'chishga to'g'ri kelgan. 9 sinfni esa Chilonzor tumanida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi "Nafis san'at" litseyida davom ettirishni boshladi. 1998 yilga kelib yana Nazarbek dahasidagi 8-maktabga qaytib kelgan. Ulug'bekning maktabni ko'p almashtirganligining sababi u yaxshi o'qimaganligida emas, balki sho'xligidadir.
1999 yil Ulug'bek o'z kuchi bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik
institutiga tarix fakultetiga o'qishga kiradi. Institutda tahsil olib yurgan kezlari Ulug'bekning yoshligidagi orzularidan biri ushalgan. Bu ustozi
Farruh Badalboev bilan tanishish edi. Ilk qo'shig'ini 2000 yilda "Tarona Records" studiyasida yozgan. Qo'shiq nomi "Bu alam" edi. Ustozi Farruh Badalboev bilan ko'p yillik mehnat orqali professional darajada ishlashni o'rgandi. Farruh Badalboevning Ulug'bekka ilk
taqdimi "Yorim" taronasi bo'lgan. Bu tarona deyarli 9 oy davomida
ishlangan. Ulug'bek Rahmatullaev 2006 yil "Zamin FM" radiosi bosh muharriri Oybek Aliev bilan tanishgan va u inson sabab "Pan
terra" studiyasi bilan ilk marotaba shartnoma tuzgan.
2007 yil 6-7 may kunlari Ulug'bek do'sti Sardor Rahimxon bilan Xalqlar do'stligi (hozirgi "Istiqlol") san'at saroyida "Yaqinlarimga" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan. 2007 yil avgust oyida muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonidan yoshlarni qo'llab quvvatlash maqasadida ta'sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.
2007 yil oxirida esa "M&TVA-2007" taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Yilning eng yaxshi klipi" mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, ko'plab
boshqa mukofotlar sovrindori bo'lgan. 
2010 yil 24-mayda oila qurdi. Shu yilning 25 sentyabr sanasida esa "Kapalak" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Shu o'tgan vaqt mobaynida 2006 yil "Sevma", 2008 yil "Sen ketding", 2010 yil esa "Kapalak" nomli audio albomlarini muxlislariga taqdim etgan. Undan tashqari "Yaqinlarimga" va "Kapalak" deb nomlangan konsert dasturlarining videolarini ham keng omma e'tiboriga tortiq etgan.


Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 17106 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Ulug'bek Raxmatullayev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sabinAA MANA BUNI MA'LUMOT DESA BÖLADI. ULUGBEK YOQADI MANGA
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное