Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Ulug'bek Qodirov Hayoti va Ijodi

Ism-sharifi: Ulug`bek Nosirovich Qodirov;

Tug`ilgan sanasi: 1983-yil, 3-avgust;

Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri;

Ma`lumoti:  Oliy. Toshkent davlat san`at institutini tamomlagan; Tamomlagan maktabi: Toshkent shahridagi 34-maktab;

Xullas, u haqida bilmoqchi bo`lsangiz, ichkariga tashrif buyuring...

Burji: Arslon;

Sevimli guli: Nilufar;

Yaxshi ko`rgan mashinasi: «Mersedes» va «BMW»;

Yoqtirgan taomi: Palov va rayhonli moshxo`rda;

Kiyinishi: Zamonaviy; 

Sevimli rangi: Qora;

Kamchiligi: Kamgap;

Hayotdagi shiori: «Hamisha olg`a»;

Ish joyi: O`zbek Milliy akademik drama teatri;

Ilk roli: «Ayol zoti»da Bobur Yo`ldoshev bilan birga ijro etgan; 

Ikkinchi va katta roli: Murod Rajabovning «Akademiya» filmida;

Uni xalqqa tanitgan roli: «Sarvinoz»dagi Odil obrazi;

Yoqtirgan sport turi: Kurash. Bir paytlar yakkama-yakka kurashda oyog`ini sindirgan;

U uchun eng muhimi: Ota-onasi, yaqinlarining salomatligi va sevimli kasbi;

Armoni: Muhabbat;

Bo`sh paytlarida: Detektiv janridagi kitoblar o`qiydi;

Tanqidga munosabati: Ijobiy;

Ilk ustozlari: Erkin Komilov, Turg`un Azizov, Murod Rajabov, Hamida Mahmudova;

Sahnaga ilk marotaba: San`at institutining 2-kursida o`qiyotganda «Gamlet», «Qirol Lir» va boshqa ommaviy sahnalarda ishtirok etgan;

Qo`rqadi: E`tibordan qolishdan va hech kimga keraksiz bo`lib qolishdan;

Ijro etishni xohlaydigan rollari: Shekspirning «Gamlet» asaridagi «Gamlet», «Romeo va Julyetta» asaridan esa Romeo;

Hurmat qiladigan klassik rejissori: Shuhrat Abbosov;

Yangi avlod rejissorlaridan: Zulfiqor Musoqov, Rustam Sa`diyev, teatr rejissorlaridan Valijon Umarov, shogirdi Jo`rabek Ro`zimetovlarning ijodini hurmat qiladi.

Katta ekranga chiqqan kinolari: «Sarvinoz», «Baxt uchun million» - Odil, «Fotima va Zuhra» - Shohruh, «Devona» - Shodivoy, «O`yin» - Jamshid, «Shabbona» - Bahrom, «Jazo» - Jasur;

Birga ishlagan rejissorlari: Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov;

Ijro etgan qo`shig`i: Yosh xonanda Shoira Azimova bilan «Kel, jonim» dueti; 

Kinodagi hamkorlari: Shahzoda, Sevinch Mo`minova, Jamila G`ofurova, Aida, Shodiya To`xtayeva, Gulchehra Eshonqulova;

Oilada: 5 farzandning kenjasi. Islombek, Feruza, Aziza, Dilfuza va Ulug`bek;

Hozirda: «Panoh» kinofilmida suratga tushyapti; 

Agar rejissor bo`lganida: Ko`cha hayoti haqida film suratga olardi;

Kino yoki teatr: Ikkalasini ham birdek yaxshi ko`radi. Ammo teatr birinchi o`rinda;

Birga suratga tushishni xohlaydi: Yodgor Sa`diyev, Yoqub Ahmedov, Furqat Fayziyev kabi ustoz san`atkorlar bilan. Jahon yulduzlaridan esa Al–Pachino, Alen Delon va Bred Pittlar bilan;

Hurmat qiladigan insoni: Onajonisi;

Uning gapirishini Tohir Sodiqovga o`xshatishadi;

U ko`proq yurak izmiga bo`ysunadi. Chunki u his qiladi;

O`n yildan keyin u o`zini Hollivudda ko`radi;

Uning uchun pul: Hech narsa. Qo`lning kiri, bugun bor, ertaga yo`q;

2005-yil: Uning uchun juda omadli va esda qolarli yil bo`lgan. Chunki u o`sha paytda «Yilning eng yaxshi yosh aktyori» nominatsiyasiga sazovor bo`lgan;

Orzusi: Hindistonning eng iste`dodli aktyori Shohruh Xondek mukofotlarni qo`lga kiritganida ularni Shohruh Xon bilan birga «yuvish»; 

U baxtni oilasi, do`stlari yonida to`rt muchasi sog` holda bo`lish deb biladi. Aslida yashash ham bu - baxt;

Baxtsizligi esa yaqin kishilaridan judo bo`lish;

Bolaligida uning xoli katta bo`lib ketishidan qo`rqishardi; 

2004-yilda: Otasi vafot etdi. Uning uchun bu og`ir judolik edi;

U haqida tarqalgan mish-mish: Xonanda Shahzoda bilan turmush qurarmish; 

Mashhur bo`lish uchun juda ko`p ishlash kerak deb hisoblaydi;

Tan oladigan xonandasi: Lola. Unga qoyil qoladi;

Uning fikricha, aktyor teatrda «pishadi»;

U harbiy maktabda tahsil olgan: Ammo o`qishni oxirigacha davom ettira olmagan. Sog`lig`i pand bergan; 

Aktyorlik qismatim deb ayta olmaydi. Negaki, erkak kishiga qirq hunar ham oz;

Irimlarga ishonmaydi. Hammasi omadga bog`liq;

Qo`shig`ining matni va musiqasini Shahnoz yozib bergan. Musiqiy sayqali esa Ravil Gimazutdinovga tegishli. 

Uning fikricha: «Peshonaga nima bitilgan bo`lsa, hech kim undan qochib qutula olmaydi»; 

Kinodan tashqari dublyajda ham samarali ijod qilgan;

Rejissor Bahrom Yoqubov bilan birga ishlash yoqimli, deb hisoblaydi. Chunki u aktyordan nima talab qilayotganini sodda va aniq tushuntirib bera oladi; 

Farrux Soipov u uchun raqobatdosh emas, kasbdosh;



Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 83418 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
Saidjon пишет: | 19.04.2020 | 00:26 ( E-mail ) #5 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Juda ham ajoyib aktyor jiddiy va jang sahnalarini sevib tomosha qilamiz
Like | 0
Chakki noza пишет: | 18.02.2020 | 16:44 ( E-mail ) #4 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Ulugbek Qodirovday turmush o'rtogim bo'lishini judayam hohlaganman va qattiq yoqtirganman u men uchun Yoqub Ahmedov,Yodgor Sadiyev,Murod Rajabov,Muhammad Isodan keyingi zyish zor aktyorim uning hamma rollari haqiqiy oynalgan ayniqsa Telba filmdagi rolini judayam yahshikoraman Ulugbek Qodirovga o'ylagan orzu niyyatlariga yetishishini tilayman Namangandan Shahnoz.
Like | 0
Montajniko Menga ham ulugbek qodirov ijodi juda yoqadi men uni barcha filimlarni qoldirmay Tomowa qilaman unga chin qalbimdan omad tilayman men unga havas qilaman hayotda unga ohwawga harakat qilaman omad Ulugbek
Like | 0
bobo91 ozbegistondegi eng original oktyor ULUGBEK QODIROV
Like | 0
jarigim Man Ulug'bekni SEVAMAN
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное