Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOTO TAQDIMOT (FOTOSESSIYA)

Ulug’bek Rahmatullaev konsertidan ajoyib fotosuratlar!


O’zbek estradasining bugungi kundagi yorqin yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev yaqindagina o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etganligidan xabaringiz bor. Mazkur konsert dasturi jarayonida tushirilgan ajoyib, sifatli fotosuratlar mana bugun taqdim etilmoqda.

28-29 hamda 31 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturi juda ham a’lo darajada bo’lib o’tdi. Ulug’bekning har kungi konsert dasturi anshlag tarzda, muxlislar bilan to’la holda o’tdi. Minglab tomoshabinlar oldida Ulug’bek o’z imtixonini yuqori baholarga topshira oldi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Ulug’bekni qo’llab-quvvatlash uchun san’at olamining bir qancha vakillari mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Biz konsertning faqatgina bir kunida bo’lganimiz bois, shu kuni kelgan Shahzoda Muhammedova, Halima hamda Munisa Rizaevalarni ko’rganimizni aytishimiz mumkin. Konsertda Ulug’bek Rahmatullaev Manzura bilan duet qo’shiq kuyladi. Ozodbek Nazarbekov bilan esa «Gul» taronasini birgalikda kuylashdi. Qiziqchi, aktyor va boshlovchi Botir Imomxo’jaev esa bir qator qiziqarli o’yinlar tashkillashtirib, kelgan tomoshabinlarni e’tiborini o’ziga qaratdi. Ulug’bek Rahmatullaev va’dasiga muvofiq ravishda konsertda asosan yangi taronalarni ijro etdi. Tomoshabinlar zerikishga vaqt topa olishmaganligini anglash qiyin emas edi. Tasanno, Ulug’bek!!! Kelgusi yil konsert dasturini endi 4-5 kun bemalol taqdim etaver!!!

 Ulug'bek Rahmatullaev



Категория: FOTO TAQDIMOT (FOTOSESSIYA)
Просмотров: 10027 | Рейтинг: 1| Рейтинг: ajoyib, Ulug’bek Rahmatullaev, konsert, Sog'inib, fotosurat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное