Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rahmatullaevning yangi konserti! "otasiga rahmat"lar yog‘ilgan dastur!

Xabaringiz bor mana 3 kundan buyon Ulug’bek Rahmatullaev o’zining yakkaxon konsert dasturini muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etmoqda. Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi Ulug’bek Rahmatullaevning konsert dasturi 2-kuniga tashrif buyurdik. Mana shu kundan tayyorlangan foto reportajni havola qilamiz.
Yildan-yilga Ulug’bek Rahmatullaev o’z yakkaxon konsert dasturi kunlari sonini ham, sifatini ham oshirib bormoqda. Bu yilgi konsert dasturi avvalgilaridanda chiroyli, qiziqarli va a’lo darajada o’tdi. Konsert zal muxlislar bilan to’lib toshgan, birorta ham bo’sh o’rindiq topa olmaysiz. Haqiqiy anshlag tarzda o’tgan mazkur konsert dasturidan Ulug’bek Rahmatullaevning eng sara va yangi taronalari o’rin oldi. Qo’shiqlarning bir nechtasini jonli tarzda maromiga yetkazib ijro eta oldi Ulug’bek! Kecha, ya’ni 17-oktyabr kuni bo’lib o’tgan konsert dasturiga Lola, Ziyoda, Umidaxon kabi estradamiz yorqin yulduzlari tashrif buyurishdi. Ular o’z hamkasblarini qo’llab-quvvatlab turdilar. Konsert davomida Davron Kabulov o’z hazillari bilan chiqish qilib, tashrif buyurgan muxlislarni kayfiyatini yanada yuqoriga ko’tarib turdi. Bu yilgi konsert dasturidan duet tarona o’rin oladimi, degan savolga Ulug’bek «Ha, lekin kim bilan duet kuylashimni hozircha aytmayman» — deb javob bergan edi. Buni ham bilib oldik, bu yilgi Ulug’bekning duetdoshi «Bojalar» guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov bo’ldi. Xullas, bir so’z bilan aytganda, konsertga tashrif buyurmaganlar armonda qoladigan bo’ldilar…
Shaxsan men konsert dasturiga tashrif buyurib, mazza qilib dam oldim!!!












Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5883 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ulug’bek Rahmatullaev, konsert
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
aysberg U. Rahmatullaevning yangi qushiqlarini tarona.net kuramiz degan umiddaman
Like | 0
Jasur6765 Omad Ulugbeka
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное