Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Ummon” guruhi va Jasur Umirov “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi


“Ummon” guruhi va xonanda Jasur Umirov kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilamasdan efirga berganligi uchun “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan “Ummon” guruhining “Oq gulim”, va xonanda Jasur Umirovning “Saypi” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi. Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilganligi uchun xonanda Jasur Umirov va “Ummon” guruhi ogohlantiriladi. Agar, ushbu holat quyidagi san’atkorlarda qayta takrorlansa, ularga berilgan litsenziyalar muddatidan avval to‘xtatiladi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati

 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6582 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tomonidan ogohlantirildi, Jasur Umirov, UmmoN Guruhi, O‘ZBEKKONSERT
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное