Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Merlin-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Pazanda - Soundtrack
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ummon, Rayhon, va VIA Marokand guruhlarining ijodi tanqid ostiga olindi


«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 8 may kuni bo‘lib o‘tdi. Kengashda 10 ta xonanda tomonidan 12 ta qo‘shiq va ularga ishlangan videokliplar ko‘rib chiqildi.

Xonanda Farhod Saidov tomonidan ijro etilgan «Ko‘zlaring» deb nomlangan qo‘shiq muhokama etilib, ijro yaxshiligi bois videoklip suratga olish uchun tavsiya berildi.

Qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholashda Rayhon, Hulkar Abdullayeva, "Ummon", “Via Marokand” kabi mashhur xonanda va guruhlar ijodi tanqid ostiga olindi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon G‘aniyev tomonidan “Yurak” Hamdam Sobirov so‘zi, Jasur Badalboyev musiqasiga olingan klipida qo‘shiq so‘zlari mantiqan mukammal emasligi hamda, klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun Kengash tomonidan qayta ishlash tavsiya etildi.

“Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo‘shiqning so‘zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta’kidlanib, lekin qo‘shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foydlanganligi bois, ushbu klipni qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi.

“Via Marokand” guruhi tomonidan kuylangan so‘zi va musiqasi Jasur Badalboyevga mansub “Turist” qo‘shiqning matni sayoz, mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkin. Qo‘shiq so‘zlarida "Ram pa papam tara tira tira tam" so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘rilab, qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi.

Bu qo‘shiqni tinglab muhokama qilib bo‘lgach, bugungi kunda tinim bilmay ijod qilayotgan “Ummon” guruhining “Oq gulim” deb nomlangan qo‘shig‘i so‘zi va musiqasi guruhga mansub bo‘lgan qo‘shiq tinglandi, bu qo‘shiq ham so‘zlarining mazmunsizligi hamda klipdagi kadridagi “alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash” tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas’ullariga "Ummon" guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11548 | Комментарии: 9 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tanqid ostiga olindi, VIA Marokand, guruhlar, ijodi, Rayhon, UmmoN
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 9
Surayyo1101 Bu fikrlardan men noroziman chunki Rayhon G'aniyeva o'z ijodi borasida qattiq tartibga rioya qiladi va doimo barcha taronalarida katta mano va mazmun bor buning uchun uni diqqat bilan tinglash lozim qolaversa uning "Tomchi" "Yurak" qo'shiqlari barchaga maqul kelgan! Birinchidan kengashdagi bazilar yani bir ikki kishi baho bermaydi xononda ashulasiga Xalq yoshlar baho beradi! Barchaga uning taronalari maqul kelmoqda shuningdek menga ham!
Qani Rayhon opam ooolg'aaa!!!...
Like | 0
laylo555 Axir Rayhonni qushigi ajoyib chiqqanu
Like | 0
adik5181419 Yozgan kommentaeyani faollashtirin haqiqati etim man
Like | 0
Rustam123 Аслида була бир тийинга арзимайдиган отарчи булишлари керак эди.
Like | 0
xotambek4175 Ummonni körolmaydiganlar köpdee qöshiq zör edi.
Like | 0
dima4436936 Ummonni qöwig'i ham klipi ham zör chiqqanu.bilmadim nojöyalik tarafini aniqlawtiriw kerak
Like | 0
Azamat4342 Via marokanddi klipi uja efirga uzatilib bolindiyu
Like | 0
Azamat4342 Rayhonni yurak ashulasi yomonmasidi hayronman
Like | 0
hakker ummon guruhi qo'shiq so'zlarini shunchaki qofiyaga tushishi uchun osmondan olmaydi. juda qattiq o'ylab yozadi. 1 oy 2 oy ketsa ham. "O'zbekkonsert" qayeriga tuwunmadi? tushunmagan joyini darakch sayti habar bersin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное