Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Soundtreck-Великолепный Век
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UMS aloqa sifatini yanada oshirish haqida bosh qotirmoqda

Abonentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda kompaniya qishloq joylarida tarmoq qamrovini kengaytirishga, shuningdek tarmoqqa o‘ta yuqori og‘irlik tushadigan aholi zich yashaydigan hududlarda tarmoq sig‘imini kengaytirishga intilmoqda.
UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori uyali aloqa infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan manzilli reja asosida baza stansiyalarini barpo etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Abonentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda kompaniya qishloq joylarida tarmoq qamrovini kengaytirishga,  shuningdek tarmoqqa o‘ta yuqori og‘irlik tushadigan aholi zich yashaydigan hududlarda tarmoq sig‘imini kengaytirishga intilmoqda. 

Xususan,  Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yangi baza stansiyalari o‘rnatildi.  Buning natijasida Ko‘kterak va Tulabi qishloqlari hamda atrofdagi boshqa hududlarning aholisi “uchinchi avlod” tarmoqlarida ovozli aloqadan hamda yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Buxoro va Farg‘ona shaharlari,  shuningdek Toshkent shahrining Uchtepa,  Chilonzor,  Shayxontohur,  Yunusobod,  Yashnobod tumanlari hududlari va atroflarida yangi baza stansiyalarini o‘rnatish hisobiga tarmoq sig‘imi yanada kengaytirildi.   

— Bu chora-tadbirlarning asosiy foydasi – iloji boricha ko‘proq abonentlarga barqaror yuqori tezlikda bo‘lgan ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etishdir,  – deydi UMS Bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Yovgeniy Lukyanchuk.  – Tarmog‘imizda mobil Internetga ulangan moslamalar soni keskin ortib borayotganini ko‘rib turibmiz.  Bunday sharoitda infratuzilmani doimiy tarzda rivojlantirish talab etiladi.  Tarmoq sig‘imi kengayishi oqibatida ovozli trafik,  video ko‘rish yoki Internet-syorfing uchun tegishli sifat darajasi ta’minlanadi. 

Kompaniyaning sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq aloqa sifati yaxshilanib, abonentlar e’tirozlariga o‘rin qolmaydi deb umid qilamiz. 


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3361 | Рейтинг: 1| Рейтинг: aloqa sifati, UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное